Nufuzli “Opta” tahlil kompaniyasi superkompyuteri 2026 yilgi Jahon çempionati çorak final bosqiçi oldidan turnir favoritlari böyiça yangilangan prognozini eʼlon qildi. Superkompyuter talqiniga köra, Frantsiya hamon çempionlik uçun asosiy favorit bölib qolmoqda.
Portal prognozlariga köra, frantsuzlarning boş sovrinni qölga kiritiş ehtimoli 27,32 foiz deb baholangan. Avvalgi prognozda bu körsatkiç 28,89 foizni taşkil etgan edi.
Ikkinçi öringa Ispaniya kötarilgan. Uşbu jamoaning çempionlik imkoniyati 21,33 foiz deb baholanmoqda. Bu 1/8 final oldidagi 12,96 foizlik prognozga nisbatan sezilarli ösişdir.
Kuçli uçlikni esa Argentina yakunlab turibdi. Amaldagi çempionlarning turnirda muvaffaqiyatga erişiş ehtimoli 17,28 foizga baholangan.
“Opta” superkompyuteri prognozlariga köra, çorak finalda iştirok etayotgan jamoalar orasida çempionlik ehtimoli eng past deb baholangan terma jamoalar – Norvegiya (3,78 foiz), Şveytsariya (3,46 foiz), Marokaş (3,66 foiz) va Belgiya (3,58 foiz) hisoblanadi. Uşbu terma jamoalardan biri ğolib çiqsa, u öz tarixidagi ilk Jahon çempionligiga erişgan böladi.









