15 yoşli qiz bilan jinsiy aloqaga kirgan 3 erkak muddatidan oldin ozod qilindi

15 yoşli qiz bilan jinsiy aloqaga kirgan 3 erkak muddatidan oldin ozod qilindi

Toşkentdagi maktablardan biridagi 15 yoşli öquvçi qizni jinsiy aloqaga majburlagan uç erkak şartli ravişda ozodlikka çiqarildi. Bu haqda “Nemolchi” (Sukut saqlama) loyihasi xabar berdi.

Qayd etilişiça, qizni jinsiy aloqaga majburlaganlardan ikki nafari atigi yarim yil qamoqda ötirib çiqqan. Asosiy taşabbuskor, sobiq jismoniy tarbiya öqituvçisi esa qamalganidan 12 oy ötib ozodlikka çiqqan. 

Xabarda taʼkidlanişiça, jinoyatçilardan biri ayni paytda tibbiyot markazida registrator bölib işlamoqda, faoliyatida xususan bolalarga ham xizmat körsatmoqda.

Voqea 2021 yil 27 aprelda röy bergan. Şu kuni Toşkentdagi maktablardan birining jismoniy tarbiya öqituvçisi öz öquvçisini avvaldan ijaraga olingan kvartiraga olib borgan, u yerga ikki tanişini ham çaqirgan va ular qizni jinsiy aloqaga köndirgan.

Tergov bu jarayonda qiz qarşilik körsatmagan deb topib, jinoyatni guruh bölib zörlaş moddasi emas, 16 yoşga tölmagan şaxs bilan jinsiy aloqa qiliş moddasi bilan malakalagan. Ona bergan apellyatsiya körib çiqilib, rad etilgan.

“Nemolchi” loyihasining Boş prokuraturaga tayanib, maʼlum qilişiça, maktabda avval öqituvçi bölib işlagan (1991 yilda tuğilgan) X.A., 2021 yil 11 noyabr kuni JKning 128-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan 4 yil qamoq jazosiga hukm qilingan va muddat 2021 yil 4 maydan hisoblanişi közda tutilgan. Jinoyat işlari böyiça Zangiota tuman sudining 2022 yil 7 maydagi ajrimiga köra, ötalmay qolgan 2 yil 11 oy 27 kun ozodlikdan mahrum qiliş jazosi JKning 74-moddasiga asosan şu muddatga oylik iş haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga uşlab qolgan xolda axloq tuzatiş işlari jazosiga almaştirilgan.

Uning dösti, 1993 yilda tuğilgan G.B. sudning 2021 yil 11 noyabrdagi hukmiga köra, JKning 128-moddasi 1-qismiga asosan 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Jinoyat işlari böyiça Ohangaron tuman sudining 2022 yil 12 maydagi ajrimiga köra, ötalmay qolgan 1 yil 5 oy 29 kun ozodlikdan mahrum qiliş jazosi JKning 74-moddasiga asosan şu muddatga oylik iş haqining 15 foizini davlat daromadi hisobiga uşlab qolgan xolda axloq tuzatiş işlari jazosiga almaştirilgan.

Yana bir iştirokçi 1994 yilda tuğilgan M.M.ga nisbatan sudning 2021 yil 11 noyabrdagi hukmiga köra, JKning 128-moddasi 1-qismiga asosan 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Jinoyat işlari böyiça Ohangaron tuman sudining 2022 yil 12 maydagi ajrimiga köra, ötalmay qolgan 1 yil 5 oy 29 kun ozodlikdan mahrum qiliş jazosi JKning 74-moddasiga asosan şu muddatga oylik iş haqining 15 foizini davlat daromadi hisobiga uşlab qolgan xolda axloq tuzatiş işlari jazosiga almaştirilgan.

×