Toşkent viloyatida 2021 yil içida 2,4 mingga yaqin mahkum muddatidan oldin ozod etilgan. Bu haqda Toşkent viloyati Içki işlar boş boşqarmasi Matbuot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilişiça, 2021 yilda Toşkent viloyati IIBB Probatsiya bölimi Probatsiya hisobida turuvçi nazoratdagi şaxslar bilan ötkazilgan profilaktik tadbir va sayyor sudlarda, mehnatga halol munosabatda bölgan, çeklovlarga töliq rioya etgan 2 ming 398 nafar nazoratdagi şaxsning jazosi muddatidan ilgari şartli ravişda ozod etilgan.
Ozod qilingan şaxslarni ijtimoiy hayotga moslaştiriş böyiça 134 marotaba mehnat yarmarkasi taşkil etilib, unda 14 ming 343 nafariga işga qabul qiliş böyiça yöllanma berilgan, 3 ming 793 nafari işga joylaştirilgan. Şuningdek, 422 nafari kasbga yönaltiriş böyiça bepul öquv kurslariga borişi taʼminlanib, 220 nafari qayta kasbga yönaltiriş böyiça öqitilgan.
“Olib borilgan çora tadbirlarga sud tomonidan belgilangan çeklovlarga amal qilmay, jazoni ötaşdan qasddan böyin tovlab yurgani uçun 155 nafar şaxs ozodlikdan mahrum qiliş joyiga qaytarilgan”, deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev mamlakat Mustaqilligining 30 yilligi arafasida 215 nafar mahkumni, Ramazon hayiti munosabati bilan 100 nafar hamda Navröz bayrami arafasida 140 nafar mahkumni avf etgan edi.









