16 aprel kuni «Daryo» internet-naşrining Qaşqadaryo viloyatidagi muxbiri Otabek Qöldoşev hamda Qarşi şahar IIB xodimi örtasida röy bergan voqea Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan örganib çiqilgan.
Qayd etilişiça, mazkur holat aks etgan videolavhada içki işlar organi xodimi jurnalistga nisbatan amaldagi bir neçta qonun normalarini qöpol ravişda buzgan.
Xususan, «Jurnalistlik faoliyatini himoya qiliş töğrisida»gi qonunning 8-moddasiga köra, jurnalist jurnalistlik faoliyatini amalga oşiriş çoğida şaxs daxlsizligi kafolatidan foydalanadi. Mazkur qonunning 10-moddasiga köra, davlat jurnalistga axborotni erkin olişini va tarqatişini kafolatlaşi, öz kasbiga doir faoliyatni amalga oşirişida uning himoya qilinişini taʼminlaşi lozim, 14-moddada esa jurnalistning uşbu qonunda belgilangan huquqlarini buzganlik, uning hayoti, soğliği va mol-mulkiga tahdid, zöravonlik yoki tajovuz qilganlik qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab bölişi belgilangan.
Şuningdek, «Ommaviy axborot vositalari töğrisida»gi qonunning 5-moddasiga muvofiq, davlat ommaviy axborot vositalarining faoliyati va axborotdan foydalaniş erkinligini, mulk huquqini, davlat organlarining ğayriqonuniy qarorlaridan, ular mansabdor şaxslarining ğayriqonuniy harakatlaridan (harakatsizligidan) himoya qilinişini kafolatlaydi, ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga tösqinlik qiliş yoki aralaşiş taqiqlanadi.
Bundan taşqari, Özbekiston Respublikasi «Içki işlar organlari töğrisida»gi qonunining 9-moddasida «Içki işlar organlari öz faoliyatini oçiq va şaffof tarzda, ...ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda amalga oşirişi» zarurligi belgilangan.
Uşbu holat yuzasidan Agentlik öz vakolati doirasida Içki işlar vazirligiga sörov yubordi.
AOKA ayni paytda davom etayotgan xizmat tekşiruvi natijalarini sinçkovlik bilan kuzatib boradi. Işonamizki, Içki işlar vazirligi amaldagi qonunçilik normalarini çetlab ötgan xodimning xatti-harakatlariga munosib baho beradi hamda tegişli çora köradi.
Taʼkidlaş joiz, bu kabi holatlar söz va matbuot erkinligini taʼminlaş, jurnalistlarning erkin faoliyat körsatişi borasidagi davlat siyosatiga ziddir. Agentlik, öz örnida, barça darajadagi davlat idoralari xodimlarini axborot qonunçiligi hamda jurnalistlar vakolatlariga hurmat bilan munosabatda bölişga çaqiradi.









