Şavkat Mirziyoyev bugun, 28 iyun kuni qişloq xöjaligiga oid masalalar yuzasidan ötkazilgan selektor söngida avtomobillar oynalarini qoraytiriş masalasiga töxtalib ötdi.
“Har bir islohotimiz, taklif va taşabbuslarimiz, bu – eng avvalo inson qadri uçun.
Şu bois, xalqimizga qanday yengilliklar bersak, u bizdan rozi böladi, degan savol barça rahbarlarni har kuni, har daqiqa öylantirişi kerak.
Har gal joylarga çiqqanimda oddiy-oddiy odamlar bilan uçraşib, muammolarini eşitaman, yana qança aholimizda şunday muammolar borligi haqida öylayman va unga yeçim qidiraman.
Ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlarda kötarilayotgan masalalardan ham xabardorman.
Mana, bugungi kunda mamlakatimizda yengil avtomaşinalar soni 3,5 milliondan oşdi. Haydovçilarimizda ham köplab eʼtirozlar töplanib qolgan.
Şu bois, bugun haydovçilar va yölovçilar ançadan beri kutgan, ularning kayfiyatini kötaradigan qarorni imzoladim”, deya Mirziyoyevning sözlarini keltirmoqda prezident matbuot xizmati.
Davlat rahbarining sözlariga köra, 1 iyuldan boşlab:
- avtomobilning orqa yon oynalarini qoraytiriş tölovlari bekor qilinadi, yaʼni bepul böladi;
- old va orqa yon oynalarni töliq qoraytiriş tölovlari 6 barobargaça arzonlaştiriladi;
- işlab çiqarilganiga 10 yildan köp bölmagan yengil maşinalarni majburiy texnik körikdan ötkaziş tartibi bekor böladi.
Şuningdek, endilikda 10 yildan 15 yilgaça bölgan yengil maşinalar – ikki yilda, 15 yildan ortiq bölganlari esa bir yilda bir marta texnik körikdan ötkaziladi.
“Bu hali boşlanişi. Men prezident maslahatçilari, boş vazir örinbosarlari va vazirlarga topşiriq berganman. Odamlarimizni qiynayotgan, ahamiyatini yöqotgan tartib va çeklovlarni bekor qiliş böyiça Işçi guruhi barça yönalişlarda muntazam işlayapti.
Joylardan tuşgan asoslangan takliflar va yeçimlar böyiça doimiy tarzda xalqimizning foydasiga xizmat qiladigan qarorlar qabul qilib boriladi”, dedi prezident yiğiliş yakunida.
Eslatib ötamiz, ayni paytda (1 iyulgaça) Özbekiston fuqarosi bölgan jismoniy şaxslar uçun avtomobil oynalarini qoraytirişga ruxsat oliş tölovi quyidagiça:
- orqa yon oynalar – yiliga 5 BHM (1 mln 500 ming söm);
- barça yon oynalar – yiliga 50 BHM (15 mln söm).
Voqea tarixihttps://www.youtube.com/embed/6F8b-RDDgI0
Özbekistonda 2018 yili avtomobil oynasini qoraytirişga ruxsat berilgandi, muayyan tölov evaziga beriladigan ruxsatnoma faqatgina 1 yil amal qiladi. Belgilangan tölov miqdorining yuqori ekani köp marta tanqid qilingan, hattoki jamoatçilik bunga faol qarşilik bildirgan, biroq “Mening fikrim” portaliga joylaştirilgan petitsiya 10 mingdan ortiq ovoz töplagan bölsa-da, negadir körib çiqilmagandi.
2019 yili tonirovka uçun jarima miqdori birdaniga avvalgisiga nisbatan keskin oşirildi. IIV YHXBB boşliği örinbosari Erali Bozorov bu özgarişga izoh berarkan: “Biz bilmaymiz-ku, oynasini ruxsatnoma olmasdan qoraytirib olgan haydovçi qayerda nima iş qilib yuribdi. Köpçilikning maqsadi boşqa bölişi mumkin”, deb javob bergan, mulozimning uşbu sözlari ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari tomonidan istehzo bilan qarşi olingandi.
Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 126-moddasiga köra, avtomaşinani ruxsatsiz «tonirovka» qiliş bazaviy hisoblaş miqdorining 25 baravari — 7,5 mln söm miqdorida jarima solişga sabab böladi. Xuddi şunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo çorasi qöllanganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bölsa, — bazaviy hisoblaş miqdorining 40 baravari — 12 mln miqdorida jarima solişga sabab böladi.
Haydovçilar bir neça oydan buyon haydovçilar #Tonirovka_jinoyat_emas heştegli kampaniya boşlaşgan. 1 iyuldan avtomobil oynalarini qoraytiriş tekin bölişi haqida miş-miş tarqalgan, lekin IIV matbuot kotibi bundan bexabarligini aytgandi.
Avvalroq Mass-media fondi raisi Komil Allamjonov “tonirovka” tölovining bekor qilinişini “inson qadrining bir körinişi” deb taʼkidlagan, uning bu sözlari haydovçilar uçun umidli yangragandi.
Yildan yilga jazirama tafti kuçayib borayotgani, 40–50 daraja issiqda qoraytirilgan oynalar huzur-halovat emas, hayotiy ehtiyoj hisoblanişi bot-bot takrorlanmoqda. Internet foydalanuvçilari davlat va hukumat masʼullariga murojaat qilib, fuqarolarning talablariga eʼtibor qaratişni söraşmoqda.
Bir neça kun muqaddam Kun.uz bloger Şavkat Hasanning videomurojaati haqida yozgan edi. U maşinasining orqa yon oynalariga yopiştirilgan tonirovka muddati 1 hafta oldin tugaganini YPX xodimi töxtatganida bilgan, şundan söng 7,5 mln sömlik jarima miqdori oynani qasddan noqonuniy qoraytirgan fuqarolarga ham, ruxsatnoma muddati ötgan fuqarolarga ham birdek baravar ekanidan norozi ekanini aytgandi.
Aprel oyidagi matbuot anjumanida IIV mulozimi Kun.uz savoliga javoban tonirovka masalasida yengillik berilişi kutilmayotganini maʼlum qilgandi.
Manba: Kun.Uz









