Prezident Şavkat Mirziyoyev “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi.
Qarorda quyidagilar nazarda tutilgan:
Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimi joriy qilinmoqda hamda uning 6 ta asosiy yönalişi belgilanmoqda, jumladan:
— taşqi mehnat migratsiyasi sohasida xalqaro hamkorlik rivojlantiriladi, xorijdagi vatandoşlar taşkilotlari va özbek diasporalari bilan aloqalarni mustahkamlanadi;
— xorijga işlaşga ketişdan oldin fuqarolarni kasb-hunarga
va xorijiy tillarga öqitiladi, ularga kasbiy malakani tasdiqlovçi xalqaro sertifikatlar beriladi;
— mehnat migrantlarin moliyaviy va ijtimoiy qöllab-quvvatlanadi, ularning hayoti va soğliğini suğurtalaş amaliyoti kengaytiriladi, ular uçun madaniy-maʼrifiy tadbirlar taşkil etiladi;
— mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan şaxslarni reintegratsiya qilinadi, şu jumladan ularning bandligi taʼminlanadi, kasbiy malakasi oşiriladi va tadbirkorlik taşabbuslari rağbatlantiriladi.
Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi hududiy filiallarining işi quyidagi tartibda taşkil etiladi:
— hokimlar hududiy filiallarga umumiy rahbarlik qiladi hamda ularga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilişini taʼminlaydi;
— hududiy filial rahbarlari bir vaqtning özida Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimining yordamçilari hisoblanadigan böldi;
— hokimliklar mahalliy byudjetning qöşimça manbalari hisobidan hududiy filiallarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş hamda faoliyatiga malakali mutaxassislarni jalb qiliş çoralarini köradi;
Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallariga quyidagi huquqlar berilmoqda:
— xorijiy iş beruvçilar va ularning vakillari bilan bevosita kelişuvlar tuziş hamda tuzilgan kelişuvlarga asosan fuqarolarni işga yuboriş;
— xorijiy mamlakatlarning hududiy migratsiya va boşqa davlat organlari bilan aloqalar örnatiş va muzokaralar ötkaziş, xorijdagi vatandoşlar taşkilotlari bilan hamkorlik qiliş;
— xorijiy (xalqaro) moliya institutlari migratsiya sohasini rivojlantirişga ajratiladigan grantlarini jalb qiliş.
2021 yil 1 yanvardan boşlab taşkillaştirilgan mehnat migratsiyasi yöli bilan xorijga çiqib ketayotgan şaxslarni, işga yuborişdan oldin majburiy tartibda kasb-hunarga öqitiş tizimi joriy qilinmoqda.
Buni amalga oşiriş uçun 13 ta “Işga marhamat” monomarkazlari, 30 ta kasb-hunarga öqitiş markazlari, 11 ta Toşkent şahri tumanlaridagi qisqa muddatli kasb-hunarga öqitiş kurslari hamda 136 ta mahalla aholisini kasb-hunarga öqitiş maskanlariga qöşimça ravişda quyidagilar:
— 13 ta kollej va 13 ta texnikumda (jami yillik quvvati 20,2 ming öquvçi) mehnat migrantlari uçun qisqa muddatli (3 oygaça) kasb-hunar
va çet tillariga öqitiş kurslari taşkil etiladi;
— qisqa muddatli kurslarning öquv dasturlari xorijiy yirik
iş beruvçilarning (Rossiyaning “NIPIGAZ” AJ, “Renaissance Heavy Industries”, B.T.K GRUP, Turkiyaning “ANT YAPI”, “Tayga Grupp”, BAAning “Tadbeer” taşkilotlari) talablariga moslaştiriladi;
— xorijiy yirik iş beruvçilar va xususiy bandlik agentliklari bilan aloqalar örnatiladi hamda qisqa muddatli kurslarda ular uçun zarur bölgan kasblar böyiça malakali mutaxassislar tayyorlanadi;
— Mehnat vazirligi huzuridagi jamğarma mablağlari hisobidan qisqa muddatli kurslarga xorijdagi yirik korxonalarning malakali mutaxassislari va yetakçi taʼlim muassasalarining pedagog kadrlari jalb qilinadi;
— Yaponiya iş beruvçilari bilan hamkorlikda Toşkent şahridagi “Işga marhamat” monomarkazida “Yapon tili va kasbiy malaka” test markazi;
— Rossiya Federatsiyasining Payvandçilik nazorati milliy agentligi bilan hamkorlikda Farğona şahridagi “Işga marhamat” monomarkazida payvandçilar maktabi;
— Birlaşgan Arab Amirliklarining rekruting “Tadbeer” markazlari bilan hamkorlikda Guliston şahridagi “Işga marhamat” monomarkazida xizmat sohasida faoliyat körsatadigan işçilarni tayyorlaş öquv markazi;
— Yaponiya va Birlaşgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda çet tillariga öqitiş va xizmat sohasi böyiça kasbga tayyorlaş öquv markazlari;
2021 yil 1 yanvardan boşlab:
— “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida kam taʼminlangan sifatida röyxatga olingan oila aʼzolariga, ular mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun xorijga çiqib ketayotganda mikroqarzlar beriladi;
— mikroqarzlar xorijda işga joylaşiş (şu jumladan, yöl haqini tölaş va mehnat faoliyatiga ruxsat oliş) bilan boğliq xarajatlarni qoplaş uçun 10 mln sömgaça miqdorda bir yil muddatga beriladi;
— mikroqarz foiz stavkasining 14 foizli punktidan yuqori bölgan qismi, lekin 21 foizdan oşmagan miqdori Bandlikka kömaklaşiş davlat jamğarmasi mablağlari hisobidan kompensatsiya qilinadi;
2021 yil 1 yanvardan boşlab taşkillaştirilgan holda xorijda mehnat faoliyatini amalga oşiriş – özini özi band qilgan şaxslar şuğullanişi mumkin bölgan faoliyat turlariga tenglaştiriladi hamda uşbu şaxslarga özini özi band qilganlar uçun belgilangan soliqlarni tölaş hamda pensiya miqdorini hisoblaş tartibi qöllaniladi;
taşqi mehnat migratsiyasi sohasini yanada rivojlantiriş maqsadida:
— 2021 yil 1 yanvarga qadar Özbekistonda Rossiya Federatsiyasi Içki işlar vazirligining pasport-viza xizmati vakolatxonasi oçiladi hamda uşbu vakolatxonada patentni tayyorlaş, rasmiylaştiriş va beriş xizmatlari körsatiladi;
— 2021 yil 1 yanvarga qadar Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining Yekaterinburg (90 mingga yaqin mehnat migrantlari işlamoqda), Novosibirsk (200 ming nafar), Samara (100 ming nafar), Ufa (70 ming nafar), Çimkent (100 ming nafar) va Istanbul (300 ming nafar) şaharlaridagi vakolatxonalari oçiladi;
— çet davlatlarda murakkab moliyaviy ahvolga tuşgan
va şaxsini tasdiqlovçi hujjatlarsiz, mablağlarsiz qolgan 10 mingga yaqin fuqarolarga 446 ming söm (40 doll) bir martalik moddiy yordam körsatiladi hamda uşbu maqsadlarga 4,1 mlrd söm mablağ ajratiladi;
— Rossiya Federatsiyasi, Qozoğiston va Turkiya Respublikalarida mehnat faoliyatini amalga oşirayotgan fuqarolarga huquqiy yordam körsatiş maqsadida advokatlik firmalari jalb qilinadi, onlayn platforma yaratiladi va Rossiya Federatsiyasi hududini doimiy xizmat bilan qamrab oladigan “Call-markaz” taşkil qilinadi;
— xorijiy mamlakatlarda Özbekiston Respublikasi fuqarolariga muntazam yordam körsatib kelayotgan şaxslarni “faxriy konsul” hamda “jamoat maslahatçisi” etib tayinlaş hamda ularni davlat mukofotlari bilan taqdirlaş amaliyoti joriy qilinadi;
— diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari hamda Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining vakolatxonalari huzurida xorijdagi vatandoşlar, yirik iş beruvçilar hamda Özbekiston Respublikasi fuqarolariga muntazam ravişda yordam körsatib kelayotgan boşqa şaxslar iştirokidagi Maslahat kengaşlari taşkil etiladi.
2021 yil 1 yanvardan boşlab “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida kam taʼminlangan sifatida röyxatga olingan oila aʼzolariga, ular xorijda vaqtinça mehnat faoliyatini amalga oşirib, qaytib kelganda:
— Bandlikka kömaklaşiş davlat jamğarmasi mablağlari hisobidan ijaraga olingan bino va inşootlarning ijara haqini tölaş, tadbirkorlik asoslari va moliyaviy savodxonlikka öqiş, kredit taʼminoti sifatida taqdim etiladigan suğurta polisi böyiça tölovlarni amalga oşiriş uçun 2,2 mln söm miqdorida subsidiya tölanadi;
— Tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş davlat jamğarmasi mablağlari hisobidan ajratilgan kreditning 14 foizdan yuqori bölgan qismi, lekin 21 foizdan oşmagan miqdori kompensatsiya qilinadi.
Tuman va şahar sektor rahbarlari, mahalla raislari va mehnat inspektorlari xorijga işlaş uçun ketgan fuqarolarning oila aʼzolariga moddiy va ijtimoiy holatini yaxşilaş, zarur tibbiy patronaj xizmatini körsatiş, ipoteka kreditlari asosida uy-joylar ajratiş, farzandlarining taʼlim olişidagi muammolarini hal qiliş, mehnatga layoqatli aʼzolarini iş bilan taʼminlaşga kömaklaşadi.
Uşbu tadbirlarni amalga oşiriş natijasida 2020–2021 yillarda:
— 70 mingga yaqin şaxslar kasb-hunarga va çet tillariga öqitiladi;
— 144 mingdan ortiq şaxslar taşkillaştirilgan holda xorijga vaqtinça mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun yuboriladi,
şu jumladan Rossiyaga 107 ming nafar, Qozoğistonga 24 ming nafar, boşqa davlatlarga 13 ming nafar;
—148 mingga yaqin xorijdan qaytib kelgan fuqarolarning bandligi taʼminlanadi;
— 120 mingga yaqin mehnat migrantlarining oila aʼzolariga yordam körsatiladi.









