Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev “Respublika oziq-ovqat sanoatini jadal rivojlantiriş hamda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan tölaqonli taʼminlaşga doir çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorni imzoladi.
I. Qişloq xöjaligi vazirligi markaziy apparati tuzilmasida Qişloq xöjaligi mahsulotlarini qayta işlaş va infratuzilmani rivojlantiriş boşqarmasi (4 ta ştat) negizida boşqaruv xodimlarining çeklangan soni
12 ta ştat birligidan iborat Oziq-ovqat sanoatini rivojlantiriş boş boşqarmasi taşkil etildi.
Qişloq xöjaligi vaziri örinbosari – Oziq-ovqat sanoatini rivojlantiriş boş boşqarmasi boşliği lavozimi joriy qilindi.
II. Qişloq xöjaligi vazirligiga oziq-ovqat sanoatini rivojlantiriş böyiça qöşimça vazifalar yuklandi.
III. “Özbekoziqovqatxolding” XK (keyinçalik - Xolding) tugatilmoqda.
IV. “Özbekoziqovqatxolding” XKni tugatiş komissiyasi tuzilgan.
V. Oziq-ovqat sanoatini rivojlantiriş maqsadida Qişloq xöjaligi vazirligining Qişloq xöjaligini rivojlantiriş va oziq-ovqat taʼminoti jamğarmasi mablağlari hisobidan:
oziq-ovqat mahsulotlarini işlab çiqariş böyiça ilk marotaba taşkil etilayotgan istiqbolli loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanişini tayyorlaş bilan boğliq xarajatlarning 50 foizini, lekin har bir loyiha uçun 100 mln sömdan köp bölmagan miqdorda qoplaş;
oziq-ovqat mahsulotlarini işlab çiqariş böyiça ilk marotaba taşkil etilayotgan istiqbolli loyihalarning infratuzilmasini taʼminlaş bilan boğliq xarajatlarning 50 foizini, lekin har bir loyiha uçun 100 mln sömdan köp bölmagan miqdorda qoplaş;
oziq-ovqat mahsulotlarini yetiştiriş va ularni çuqur qayta işlaş sohasiga xorijiy ekspertlarni jalb qiliş bilan boğliq xarajatlarning 50 foizini, lekin har bir loyiha uçun 50 mln sömdan köp bölmagan miqdorda qoplaş belgilandi.
VI. 2021–2023 yillarga möljallangan sanoatbop qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştirişni kengaytiriş dasturi şakllantiriladi.
VII. Kadrlarga bölgan ehtiyojlar asosida 2021/2022 öquv yilidan boşlab respublika oliy taʼlim muassasalarining “Oziq-ovqat texnologiyasi” hamda “Qişloq xöjaligi mahsulotlarini saqlaş
va dastlabki işlaş texnologiyasi” kabi taʼlim yönalişlari böyiça bakalavriatning kunduzgi va sirtqi taʼlim şakllariga öqişga qabul qilişning davlat buyurtmasi parametrlari bosqiçma-bosqiç oşirib boriladi.









