Namangan viloyati Yangiqörğon tumanida 29 yoşli ayol öziga benzin sepib, yoqib yubordi. Bu haqda Boş prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Şamsutdinov maʼlum qildi.
Yangiqörğon tumanida tuğilgan 29 yoşli R.Q. 10 iyun kuni oilada yuzaga kelgan kelişmovçilik tufayli yaşaş uyi hovlisida öziga benzin sepib, yoqib yuborgan.
Mazkur hodisa oqibatida ayol vafot etgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 103-moddasi (özini özi öldiriş darajasiga yetkaziş) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Maʼlumotlarga köra, ayolning 4 nafar farzandi bor, muqaddam sudlanmagan va heç qayerda işlamagan.









