Sirdaryo viloyati IIB xodimi rahbariyat nomiga bildirgi orqali murojaat qilib, unda 19 yanvar kuni ötkazilgan tezkor-profilaktik tadbir davomida fuqaro Yu.K. öz yaşaş xonadonida 70 000 söm evaziga fuqaro D.B. bilan jinsiy aloqada bölgan vaqtda uşlaganligi, pullar daliliy aşyo sifatida olinib, maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirilib, hujjatlar töplanganligini bayon qilgan. Bu haqda IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Hodim şundan söng Yu.K. unga maʼmuriy materialni körib çiqmaslik, sudga yubormaslik hamda ijobiy hal qilib beriş evaziga pora tariqasida pul taklif qilayotganligini maʼlum qilib, unga nisbatan qonuniy çora körişni söragan.
22 yanvar kuni ötkazilgan hamkorlikdagi tezkor tadbirlar davomida 1994 yili Guliston şahrida tuğilgan, vaqtinça işsiz, turmuşga çiqmagan, muqaddam sudlanib, amnistiya aktiga asosan javobgarlikdan ozod etilgan, keyinçalik maʼmuriy javobgarlikka tortilgan Yu.K. bildirgi yozgan xodimning xizmat xonasida 400 000 sömni pora tariqasida bergan vaqtida tadbir iştirokçilari tomonidan daliliy aşyo bilan qölga olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan IIV Öz xavfsizlik boşqarmasi Sirdaryo viloyati bölimi xodimlari tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilib, töplangan hujjatlarni qonuniy qaror qabul qiliş uçun Sirdaryo viloyati prokuraturasiga yuboriş çoralari körilmoqda.









