Qaşqadaryoda tadbirkor dökonini buzmoqçi bölgan hokim örinbosarini yoqib yubordi (+video)

Qaşqadaryoda tadbirkor dökonini buzmoqçi bölgan hokim örinbosarini yoqib yubordi (+video)

22 iyul kuni internet tarmoqlarida Qaşqadaryo viloyatining Yakkaboğ tumanida dökoni buzilayotgan tadbirkor hokim örinbosarini yoqib yuborgani töğrisida xabar tarqaldi. Unda, guvohlar tilidan «Dökon egasi 2 litr baklaşkaga solingan benzinni olib çiqdi-da, buldozer ustida ötirgan hokim örinbosarining ustiga sepib yubordi. Keyin gugurt çaqib, ustiga otgan edi Töymayev yonib ketdi. Odamlar uni buldozerdan tuşirib, tepib-tepib öçirdi» deyiladi.

 Kun.uz muxbiri mazkur hodisa bölib ötgan hududga borib, voqea guvohlari bilan suhbatlaşdi. Şu mahallada yaşovçi, voqeani közi bilan körgan bir neça kişi 20 iyulda sodir bölgan uşbu voqea videoyozuvlarini taqdim etdi. Videotasvirlarda Yakkaboğ tumani hokimi örinbosari Mansur Töymayevning ekskavatorda ötirib tadbirkorlarga tegişli binolarni buzayotganini köriş mumkin. Jumladan, hokim örinbosari tadbirkor Bahriddin Isomovga tegişli ikki qavatli savdo va maişiy xizmat uyini buza boşlaganida tadbirkor keskin norozilik bildiradi. Uning noroziligi eʼtiborsiz qoldirilgaç 1 litrli suv idişida buldozer kabinasiga benzin sepib yuborgan. Tasvirlarda hokim örinbosari M.Töymayev ötirgan kabina va tadbirkorning öziga taxminan ikki soniya olov örlaganini köriş mumkin.

 Guvohlarning aytişiça, olov hokim örinbosari tanasini ham bir lahza qoplagan. Biz voqeaga yanada aniqlik kiritiş maqsadida Yakkaboğ tuman markaziy şifoxonasida böldik. Şifoxona qabul bölimida 20 iyul kuni soat 20:25 da hokim örinbosari M.Töymayev yuz, ikkala kaft kuyişi taşxisi bilan, şifoxonaga özi kelgani qayd etilgan. Xodimlar M.Töymayevning ayni vaqtda şifoxona reabilitatsiya bölimida davolanayotganini maʼlum qilişdi. Ammo bu vaqtda soat tungi 00:55 bölgani, Mansur Töymayevning uxlayotgani bois körişolmadik. Biroq, tuman hokimligi matbuot xizmati rahbari, ertalab hokim örinbosari Toşkentga ketganini maʼlum qildi, aslida u şifoxonada ekani suriştiruvlarimiz asnosida oydinlaşdi.

 Ayni vaqtda videotasvir orqali tadbirkor Bahriddin Isomov ham kuyiş tan jarohati olganini bilganimiz sababli tadbirkor bilan körişişni niyat qildik. Mahalla vakillari tadbirkorni içki işlar xodimlari olib ketişganini maʼlum qilişgaç, tuman IIBga bordik. Içki işlar bölimi navbatçisi bino taʼmirlanayotgani sababli tadbirkorning bu yerda emasligi, aynan qaysi tuman IIBda saqlanayotganini bilmasligini maʼlum qildi. Tadbirkorning öğillari esa otasiga 21 iyul kuni soat tungi 00:00 atrofidagina tibbiy xizmat körsatilganini aytmoqda.

Tadbirkor nega bunçalik darajaga bordi?

Tadbirkorning olov yoqib özi va hokim örinbosari Mansur Töymayev kuyişiga sababçi bölişini oqlab bölmaydi. Şu bilan birga, uning nima sababdan bu darajaga borganini aniqlaş ilinjida yana voqea guvohlari olgan videotasvirlariga murojaat qilamiz.

Tasvirda hokim örinbosari buldozerda binolarni buzarkan, texnika ikki qavatli bino devoriga zarba bergan vaqtda bino pillapoyasida tadbirkor va uning yaqinlarini köriş mumkin. Şuningdek, ikkinçi qavatda işçilar va mijozlar bölgan. Bu esa aftidan, tadbirkorni jazavaga solgan. Şuningdek, mahalla ahlini eng qattiq norozi qilgan narsa – hokimlik şu vaqtgaça heç qanday yozma ogohlantiriş bermaganidir. Ogohlantirişsiz buzilişni esa aholi, jumladan, tadbirkorlar adolatsizlik, qonunsizlik deb topgan.

 «Nihoyat, mana şu xunuk voqeadan keyin oradan bir kun ötibgina hokimlik vakillari bizga ogohlantiriş xati olib kelib berişdi. (20 iyul sanasi bilan). Hokimlik vakillari mazkur xat bino buzilişida sodir bölgan janjaldan keyin yozilganini tan olişdi», - deydi tadbirkorning öğli Ş.Daminov.

 Voqeadan keyin tadbirkor va uning yaqinlari taqdiri qanday keçgan?

 Tabiiyki, hokim örinbosariga benzin sepib yuborgan tadbirkorni töppa töğri  IIB bölimiga olib ketişgan. Şu bilan birga, olov yoqişda iştirok etmagan öğli M.Daminovni ham IIBda 50 soatdan ortiq vaqt mobaynida uşlab turilgan. Uning boşi va yelkasidagi jarohatlarni körmaslikning iloji yöq edi. M.Daminovning taʼkidlaşiça, bu jarohatlarga IIB xodimlari sabab bölgan.

Voqea sodir bölgan kuni tadbirkorning yana bir öğli Ş.Daminov farzandli bölgani uçun mahallada bölmagan. Ammo keçqurun, soat 19:00 lar atrofida mahallaga kirib kelgan Ş.Daminovni ham IIB xodimlari olib ketib, 11 soat davomida uşlab turişgan, biroq Ş.Daminovga uning aybi nimada ekanligini aytişmagan.

 Mazkur dastlabki xabar Yakkaboğdagi Mustaqillik mahallasida obodonlaştiriş işlari nomi bilan bölayotgan buzilişlarga guvoh bölganlar va mavjud video, audio materiallari asosida eʼtiboringizga havola etilmoqda.

 Taʼkidlaş joizki, hokimlik, IIB va boşqa tegişli taşkilotlarning fikr va xulosalari olingandan söng voqea tafsilotlari haqida yanada batafsil maʼlumot beriladi.

Anvar MUSTAFOQULOV, Kun.uz muxbiri.
Yakkaboğ, Qaşqadaryo


×