Boş prokuratura hokim örinbosarini yoqib yuborgan tadbirkor işi böyiça yakuniy xulosaga keldi

Boş prokuratura hokim örinbosarini yoqib yuborgan tadbirkor işi böyiça yakuniy xulosaga keldi

Qaşqadaryo viloyati prokuraturasi tomonidan B.Isamovga nisbatan JKning 25,97-moddasi 1-qismi bilan qözğatilgan jinoyat işi yuzasidan olib borilgan dastlabkitergov harakatlari tamomlandi. Bu haqda Boş prokuratura xabar qildi.

Jinoyat işi qözğatilişiga, 20.07.2019 yilda B.Isamov Yakkaboğ tumanidagi “Eski Yakkaboğ” qörğoni köçalarida obodonlaştiriş va quriliş işlari jarayonida tuman hokimining örinbosari M.Tuymayevning yuz qismiga benzin sepib, uni yoqib  yuborib, öldirişga suiqasd qilganligi holati yuzasidan töplangan hujjatlar asos bölgan.

B.Isamov JKning 25, 97-moddasi 2-qismi “g,l” bandlari bilan ayblanuvçi tariqasida işda iştirok etişga jalb qilinib, sudning ajrimiga asosan ehtiyot çorasi sifatida “qamoq” qöllanilgan.

Tergov davomida ötkazilgan sud psixologiya ekspertizasining xulosasiga köra, ayblanuvçi B.Isamov mazkur jinoyatni sodir qilgan vaqtida kuçli ruhiy hayajonlaniş holatida bölgan.

Yuqoridagilarga köra, ayblanuvçi B.Isamovga nisbatan eʼlon qilingan ayblov JKning 25, 98-moddasiga qayta malakalanib, qöllanilgan “qamoq” ehtiyot çorasi, “garov” ehtiyot çorasiga özgartirilgan.

Bundan taşqari, tergov davomida Yakkaboğ tumani xokimining örinbosari M.Tuymayevning xatti-harakatlariga huquqiy baho berilib, unga nisbatan JKning 192[1]-moddasi 3-qismi “a” bandi va 206-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan ayblov eʼlon qilingan hamda munosib xulq-atvorda böliş haqidagi “tilxat” ehtiyot çorasi qöllanilgan.

Jinoyat işi 30.08.2019 yilda ayblov xulosasi bilan JIB Yakkaboğ tumani sudigayuborildi. Manba: Aniq.uz

×