- Allo Malik aka “xaydar”dan bormi, “erkatoy”dan telefon kelib qoldi.
- Ukam, quyoş çiqar tamonlarda suhbatlaşaylik?..
Uşbu qisqa suhbatda insonni razolatga yetaklovçi jarlik bor edi.
Şu yilning 5 iyul kuni Uçqörğon tumanidagi dehqon bozori yonidan ötuvçi yöl avtomobil va odamlar bilan gavjum. Har kim öz taşvişi sari şoşmoqda. Ammo gavjumlik orasida bir sukunat yaşiringan. U ham bölsa “Spark” maşinasining kuzatuvi.
- Obʼekt aytilgan manzilga yaqinlaşmoqda.
- Töxtatilsin!!!
Ha. Şu kuni “Qoradori” keng qamrovli tadbiri edi. Uşbu tadbir Davlat xavfsizlik xizmati Namangan viloyati boşqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida amalga oşirildi.
Yöl çetiga töxtatilgan “Spark” avtomaşinasi holislar iştirokida közdan keçirala boşlandi. Avtomobil egasi Namangan şahrida istiqomat qiluvçi Jamol Tojiboyev közlari jovdirab, özini har kuyga solişga harakat qilar edi. Ammo hammasi keç edi.
Avtomaşina salonidan körinişi giyohvand moddalariga öxşaş 5 bölak paketga öralgan töq jigarrang-qoramtir rangdagi ötkir hidli modda va bir dona elektron tarozi borligi aniqlandi va tegişli tartibda rasmiylaştirildi.
- Endi jöra “noqonuniy faoliyat bilan şuğullanmaginda” deya tergovni boşladi xodim.
- Boş oğriq dorisini kimdan, qayerdan olding? Oldindan aytib qöyayin: yaşirişga urina körma, Uçqörğonda “Norin” daryosi tez oqadi. Bola-çaqang bor orqangda... Tuşunding-a?
Tojiboyev “tovar”ni Uçqörğon tumani Sohil mahallasida yaşovçi “Malik” ismli şaxsdan 2 ming 800 AQŞ dollari evaziga sotib olganligi töğrisda körsatma berdi.
Ikkinçi operatsiya boşlandi: Barça tezkor xodimlar diqqatiga!!! “Malik” ismli şaxsga aniqlik kiritilsin.
- Abdumalik Yunusov 1977 yil 3 iyulda tuğilgan. Hozirda Uçqörğon tumani, Yoğdu mahallasida turadi.
- Tezkorlikda qölga olinsin.
Şu kuni “Malik” tilga kirdi, - men 100 dollar xizmat evaziga uşbu paketlarni Jamolga sotgan edim, – deya özini oqlay boşladi.
Şuningdek, uşbu giyohvand moddasini Uçqörğon tumani “Yoğdu” mahalla fuqarolar yiğini hududida istiqomat qiluvçi, 1993 yilda tuğilgan Islom Tursunboyevdan olganini ham “oqizmay” sözladi.
Şundan söng, Tursunboyev xonadoniga “mehmon”lar taşrif ayladi. Kutilmagan mehmonlardan qutiliş yöli yöqligini tuşungan Islom xodimlarni köp savolga qöymay uyida saqlab turgan qöşimça 285,05 gr. giyohvand moddalarni ham öz ixtiyori bilan topşirdi.
Xulosa qilar ekansiz, “hurmatli xaydarçi”lar şunday tinçlikni taʼminlab turgan organ xodimlaridan noqonuniy işlaringizni yaşiraman deb yurmanglar.
Haq Nazar.
© namangan24.uz









