Surxondaryoda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan giyohvand moddalar aylanmasiga qarşi ötkazilgan tezkor tadbirda katta miqdordagi narkotiklar musodara qilindi. Bu haqda DXX Matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbir davomida 1982 y.t. mahalliy fuqaro 28 kg 895 gr. “opiy” hamda 2 kg “gaşiş” moddalarini, şuningdek, boşqa bir holatda esa muqaddam giyohvand moddalar bilan boğliq jinoyat sodir etganliklari uçun sudlangan, 1962 va 1970 yillarda tuğilgan aka-uka 9 kg 161 gr. “opiy” va 446 gr. “geroin” moddalarini kelgusida sotiş maqsadida qabul qilib olgan vaqtlarida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Taʼkidlanişiça, har ikki holatda ham giyohvand moddalar afğonistonlik narkokurʼerlar tomonidan Özbekiston hududiga olib ötilgan.
Sariosiyoda kuzatilgan holatda tojikistonlik narkokurʼerlar tomonidan tumanning toğli hududiga ötkazilib, xufiya joyga berkitib ketilgan 28 kg 506 gr “opiy” moddasini qabul qilib olgan, 1990 y.t. mahalliy fuqaro uşlangan.
DXX xodimlarining Surxondaryo viloyati bojxona boşqarmasi bilan hamkorlikda Termiz şahrida ötkazgan tezkor tadbirida esa 1969, 1970 va 1990 yillarda tuğilgan 3 nafar fuqaro 481 gr. “opiy” moddasini 9400 AQŞ dollariga sotgan vaqtlarida qölga olingan.
DXX, IIV hamda Davlat bojxona qömitasining hududiy boşqarmalari xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda, Termiz tumani “Manguzar” YPX maskanidan ötib, viloyat markazi tomon harakatlanayotgan Spark rusumli avtomaşina töxtatilgan.
Avtomaşina közdan keçirilganda, unda yölovçi sifatida ketayotgan, Duşanbe şahrida istiqomat qiluvçi, 1987 y.t. Tojikiston Respublikasi fuqarosi va Denov tumanida yaşovçi, 1985 y.t. mahalliy fuqaroga tegişli yuk sumkalarida Afğonistondan kontrabanda yöli bilan olib kelingan 45 kg 913 gr. “gaşiş” borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylaştirib olingan.
Ötkazilgan tezkor tadbirlar natijasida jami 67 kg 43 gr. “opiy”, 47 kg 913 gr. “gaşiş” hamda 446 gr. “geroin” giyohvand moddalari musodara qilingan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.









