“Andijonneft” kompaniyasida yirik miqdordagi öğirlik holatlari sodir bölgani aniqlandi

“Andijonneft” kompaniyasida yirik miqdordagi öğirlik holatlari sodir bölgani aniqlandi

Andijon viloyati prokuraturasi «Andijonneft» aktsionerlik jamiyatida neft xom aşyosining öğirlanişi va talon-taroj qilinişi böyiça jinoyat işi qözğatdi. «Özneftgazinspektsiya» mutaxassislari kompaniya faoliyatini tekşirib, 12,8 mlrd sömlik 153 ming tonna xom aşyoning yetişmayotgani, öğirlangani va talon-taroj qilinganini aniqladi, deya xabar qildi inspektsiya matbuot xizmati.

Xususan, neft konlarida inventarizatsiya qiliş jarayonida xom aşyoni yiğiş, tayyorlaş va tarqatiş tsexlarida 254,5 mln söm miqdoridagi 310,2 tonna ortiqça, 22,7 mln sömlik 42 tonna yetişmayotgan, 479,6 mln sömlik hisobga olinmasdan qazib olingan 795,8 tonna xom aşyo aniqlangan. Şuningdek, soxta hujjatlar rasmiylaştirilişi natijasida 2,5 mlrd sömlik 3487 tonna xom aşyoning yetişmovçiligi, 70,8 mln sömlik 95,9 tonnalik yaşirib qöyilgan ortiqça mahsulotlar mavjudligi maʼlum böldi. Hisobotlarga ,3 mlrd söm qöşib yozilgani, dastlabki hujjatlarni rasmiylaştirmasdan 1,7 mlrd sömlik 2947 tonna neft hisobdan çiqarib taşlangani aniqlandi.

«Özneftgazinspektsiya» maʼlumotlariga köra, inventariatsiya vaqtida faqatgina iyun-sentyabr oyining özida 1,8 mlrd sömdan ziyod qiymatli 1356 tonna hajmidagi öğirlik, talon-taroj, qöşib yoziş, yetişmovçilik holatlari aniqlangan.

Tekşiruv natijalari Andijon viloyati prokuraturasiga taqdim etildi, tergov harakatlari olib borilmoqda.

×