Fuqarolarimiz tomonidan qonunlarga rioya qilib yaşaş odatiy hayot tarziga aylangan bölsada, ayrim uddaburon qonunlarga amal qilmaydigan şaxslar hali ham oramizda yöq emas. Jumladan, Uçqörğon tumani, “Mustaqillik” MFY, Uçqörğon köçasida yaşovçi M.B hali voyaga yetmasdan jinoyat yöliga kirgan, lekin unga nisbatan qonunçilik imkoniyat yaratib, şartli sinov berilgan, M.B uşbu holatdan öziga tegişli xulosa qilmasdan, yana 4 marta oğir va öta oğir jinoyatlarni sodir etgan.
Jinoyat işlari böyiça Uçqörğon tuman sudining raisi Sardorbek Abdusattarovning "ANIQ.UZ"ga maʼlum qilişiça, fuqaro sönggi jinoiy qilmişini 2019 yil 02 avgust kuniga ötar keçasi soat 2330da Uçqörğon tumani, “Mustaqillik” MFY, Tirikmozor köçasida yaşovçi D.Yu.ni yaşaş xonadoniga devor oşiş yöli bilan ğayriqonuniy ravişda kirib, xovlisidagi sörida bölgan bir dona narxi 300 ming sömlik “Artel P-1” rusumli telefon apparati, 300 AQŞ dollari va 25 ming söm miqdoridagi pullarini öğirlagan. Tergovga qadar tekşiruv harakatlari davomida fuqaro I.P.dan B.M. tomonidan sotib yuborilgani aniqlanib, “Artel P-1” rusumli telefon apparati qonuniy egasi D.Yuga topşirilgan. Jinoyat işlari böyiça Uçqörğon tuman sudining hukmiga köra sudlanuvçi B.Mga Özbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan 5 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlanib, Özbekiston Respublikasi JKning 60-moddasiga asosan B.M.ga Jinoyat işlari böyiça Uyçi tuman sudining 2018 yil 7 fevraldagi ajrimi bilan tayinlangan va ötalmay qolgan 1 yil 11 oy ahloq tuzatiş işlari jazosini qisman qöşib, ötaş uçun uzil-kesil 5 (beş) yil 1 (bir) oy ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. B.M. Özbekiston Respublikasi JKning 34-moddasi 3-qismi “b” bandiga asosan öta xavfli retsidivist deb topilgan. Tuman sudining uşbu hukmi orqali şaxsni öz qilmişlari uçun qonun oldida javobgarligini taʼminlaş bilan bir qatorda, boşqa şaxslarning buzilgan huquqlari tiklandi.









