Davlat xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qömitasi Toşkent şahrida psixotrop dorilar savdosiga qarşi bir qator tezkor tadbirlar ötkazdi. Natijada 25 mingdan ortiq noqonuniy dorilar musodara qilingan.
Xususan, 26 oktyabr kuni Toşkent şahrida ötkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar U.T. va M.M.dan kuçli taʼsir qiluvçi, psixotrop modda bölgan 7504 dona “Regapen” dori vositasi olib qöyilgan. Şuningdek, tadbir davomida U.T.ning kuçli taʼsir qiluvçi dori vositalarini saqlaş joyidan 1650 dona “Tropikamid”, 5617 dona “Selofen” va 756 dona "Regapen” dorilari borligi aniqlandi va protsessual tartibda rasmiylaştirib olib qöyilgan.

Psixotrop moddalar sotiş va saqlaş yuzasidan joriy yilning 28 oktyabr kuni yana bir holat qayd etilgan bölib, fuqarolar J.Z., K.J. va X.K. tezkor tadbir davomida uşlanib, ulardan 1310 dona “Tropikamid”, 2100 dona “Regapen” va 510 dona “Selofen” dori vositalari olib qöyilgan.

Bundan taşqari, 30 oktyabr kuni ötkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar Ş.Ş. va Ş.M.larning avtomaşinasi közdan keçirilganda avtomaşinadan 2000 dona “Tropikamid” va yaşaş manzilidan 4070 dona “Selofen” va 300 dona “Zardeks” kuçli taʼsir qiluvçi dori vositalari aniqlangan va protsessual tartibda rasmiylaştirilib olib qöyilgan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan tergov-suriştiruv jarayonlari olib borilmoqda.











