Jamoat joylarida çekayotganlarni jarimaga tortiş boşlandi

Jamoat joylarida çekayotganlarni jarimaga tortiş boşlandi

Toşkentda jamoat joylarida çekkanlarni jarimaga tortiş boşlandi, deya xabar bermoqda “Potrebitel.uz”.

Bir vaqtning özida bir neçta odam jarimaga tortildi, ulardan biri elektron sigaret sabab jazolangan. Maʼmuriy huquqbuzarlikni röyxatga oliş tartibi oddiy: huquqni muhofaza qiliş organi xodimi pasportni körsatişni yoki barmoq izini tuzatiş uçun qölni planşetga qöyişni söraydi, bu maʼlumotlar jarima soliş uçun yetarli.

Eslatib ötamiz, tamaki mahsulotlarini isteʼmol qiliş 56-modda böyiça 90,4 ming söm miqdorida jarima solişga sabab böladi, unga nisbatan jarimalar 2015 yildayoq joriy qilingan. 2018 yilda jamoat joylarida çilim va elektron sigaretalar çekişni çeklaş töğrisidagi qonun qabul qilingan edi.

×