Jinoiy javobgarlikka tortiş yoşi özgartirildi

Jinoiy javobgarlikka tortiş yoşi özgartirildi

Özbekiston Prezidenti “Bola huquqlarining kafolatlarini taʼminlaş tizimi yanada takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonunni imzoladi.

Kiritilgan özgartirişlarga köra, 13 yoşga tölgan şaxslarning jinoiy javobgarlikka tortilişi bekor qilindi. 

Ilgari 13 yoşga tölgan şaxslar javobgarlikni oğirlaştiradigan holatlarda qasddan odam öldirganliklari uçun jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Şunga köra, jinoiy javobgarlikka tortiş 14 yoşdan boşlanadi.

16 yoşga tölmagan şaxs bilan jinsiy aloqa qiliş moddiy qimmatliklar beriş yoxud mulkiy manfaatdor etiş orqali sodir etilganda oğirlaştiruvçi holat sifatida belgilandi.

Voyaga yetmagan guvoh yoki jabrlanuvçini söroq qilişda pedagog bilan bir qatorda psixolog ham qatnaşişi belgilandi.

×