Jamoat joylarida şaxsini identifikatsiya qiliş imkonini bermaydigan darajada yuzini tösgan holda bölganlik uçun maʼmuriy javobgarlik çorasi kiritilmoqda. Bu haqda bugun, 30 sentyabr kuni Oliy Majlis Senatining qirq beşinçi yalpi majlisida muhokama qilingan va senatorlar tomonidan maʼqullangan “Özbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga va Özbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqida"gi qonunda söz boradi.
Bildirilişiça, mazkur özgarişdan “Xavfsiz şahar” kontseptsiyasi doirasida joriy etilgan axborot dasturlarining samaradorligini yanada oşiriş maqsad qilingan. Bunda, javobgarlikni istisno qiluvçi holatlar ham inobatga olinmoqda.
“Biz milliy urf-odatlar, şu jumladan diniy qadriyatlarni yuksak eʼzozlaydigan xalqmiz. Lekin şu bilan birga, jamiyatimiz, davlatimiz hayoti qonun ustuvorligi şaroitida keçişi zarur. Özbekiston fuqarosi bölgan har qanday şaxs bunga sözsiz rioya qilişi şart!", deydi Senat raisi Tanzila Norboyeva.

Qayd etilişiça, sönggi paytlarda mamlakatda faqatgina diniy rasm-rusumlarga binoan tuzilgan nikohlar soni va buning ortidan köp xotinlilik holatlari ortib bormoqda. Şuningdek, reklama, köngiloçar va tahliliy materiallar orqali köp xotinlilik va uning “afzalliklari”ni tarğib qiliş avj olmoqda. Buning oqibatida qonuniy nikohsiz tuğilgan bolalar soni ham oşgan.
Respublika böyiça 2020 yilda 16 564 ta holatda tuğilgan çaqaloqlar yolğiz ona arizasi asosida röyxatdan ötkazilgan bölsa, 2022 yilda uşbu körsatkiç 18 955 tani taşkil etgan.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, mazkur qonunda milliy, irqiy, etnik yoki diniy mansubligiga qarab bir toifa fuqarolarni boşqa toifa fuqarolardan ustunligini, yoki nuqsonli ekanligini tarğib qilganlik, nikohi qonunda belgilangan tartibda qayd etilmagan şaxslar örtasida nikoh tuzişga doir diniy marosimni amalga oşirganlik uçun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilaş nazarda tutilmoqda.
Şu bilan birga, qonun bilan ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bölib yaşaşni tarğib qilganlik, xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligini oçiqdan-oçiq inkor etganlik uçun maʼmuriy javobgarlik belgilanmoqda.
“Bugungi kunda nikoh tuziş masalasiga biryoqlama, qonun doirasidan taşqarida, faqat diniy marosim nuqtai nazaridan qaraş, bu borada qonun bilan örnatilgan talablarni pisand qilmaslik, ularni bila turib inkor qiliş holatlari – keyinçalik huquqiy jihatdan yeçim topiş muşkul bölgan ijtimoiy muammolarni keltirib çiqarayotgani barçamizga maʼlum. Qonunning boşqa normalari ham jamiyatimizda ijtimoiy-huquqiy, maʼnaviy-axloqiy muhit barqarorligini taʼminlaşga xizmat qiladi. Şu örinda aytiş muhimki, mazkur yangi normalar fuqarolarimizning eʼtiqod erkinligiga mutlaqo daxl qilmaydi. Aksinça har qanday ijtimoiy munosabatlar faqat va faqat Konstitutsiya hamda qonunlar asosida tartibga solinişinigina anglatadi”, degan Norboyeva.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 5 sentyabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining majlisida “Özbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga va Özbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqida"gi qonun loyihasi körib çiqilib, qabul qilingandi. Amaldagi qonunga kiritilayotgan qöşimçalar keng jamoatçilikning muhokamalariga sabab böldi, şu bois deputat Alişer Qodirov, Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Şayx Nuriddin Xoliqnazarovlar ham bu böyiça öz fikrini bildirdi.









