Özbekistonda endilikda jamoat joylarida özgalarga nisbatan şilqimlik qilgan şaxslar beş kungaça qamalişi mukmin.
“Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini işonçli himoya qiliş tizimi yanada takomillaştirilişi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonunga köra, endilikda jamoat joylarida şaxsga şilqimlik qiliş, şaxsni, uning qaddi-qomatini şahvoniy mazmunda tasvirlaş, şu mazmundagi sözlar bilan çaqiriş, izohlaş, qiyoslaş yoxud unga nisbatan şahvoniy maylni körsatuvçi harakatlar uçun alohida maʼmuriy javobgarlik belgilanib, bu harakatlar uçun 1,5 million sömgaça jarima yoki 5 sutkagaça qamoq jazosi nazarda tutilmoqda.
Eslatib ötamiz, uşbu qonun loyihasi joriy yilning 11 yanvarida jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan edi.









