Moskva va Anqara örtasida Rossiyadan çiqib ketayotgan brendlarni turk brendlariga almaştiriş böyiça muzokaralar yangi bosqiçga kirdi. Bu haqda Hurriyet xabar berdi.
Muzokaralarning birinçi qismi aprel oyida, ikkinçisi may oyining örtalarida Turkiya Birlaşgan brendlar uyuşmasining (BMD) Rossiyaga taşrifi çoğida bölib ötdi.
Rossiyadan ketadigan brendlarni turk brendlari bilan almaştiriş böyiça muzokaralarning yangi bosqiçiga qadam qöymoqdamiz, — dedi Rossiya savdo markazlari kengaşi (RCTC) prezidenti Dmitriy Moskalenko.
U, şuningdek, joriy yilning kuzida Rossiya savdo markazlarida 3 mln kvadrat metr maydon böş qolişi haqida bildirgan.
Hali Rossiyada bölmagan turk brendlari uçun biz eng yaxşi savdo markazlarini, şu jumladan Moskvani ham egallaş imkoniyatini taklif qildik. Biz turk şirkatlarining mamlakatda uzoq muddat qolişi va foydali sarmoya kiritişi uçun muzokaralar olib bormoqdamiz, — deya qöşimça qildi Moskalenko.
RCTC boşqaruvçi direktori Oleg Voittsexovskiyga köra, Rossiya Xitoy, Hindiston va Eron vakillari bilan ham muzokaralar olib borilmoqda.
Muzokaralarda ADG Grup tijorat direktori Anna Papaskiri ham iştirok etdi. Uning sözlariga köra, muzokaralar yakunlari böyiça Rossiya bozoriga çiqadigan brendlar röyxati tuziladi.









