Ronaldu «Barselona»ga ötişi mumkin, Messi esa jamoani tark etmoqçi

Ronaldu «Barselona»ga ötişi mumkin, Messi esa jamoani tark etmoqçi

"Yuventus" hujumçisi Kriştianu Ronaldu "Barselona"ga ötişi mumkin.

Bu haqda ispaniyalik jurnalist Gillem Balage xabar bermoqda. Frantsiyalik jurnalist Jyulen Loren ham Ronalduning agenti ayni damda Lissabonda ekanligini tasdiqladi. 

Eslatib ötamiz, uşbu şaharda Çempionlar Ligasi öyinlari bölib ötmoqda. Mendeş bu yerdagi top-klublar vakillari bilan uçraşmoqçi. Ular orasida esa keça "Bavariya"dan yengilgan "Barselona" klubi ham bor.

Barselona" klubi hujumçisi Lionel Messi tez orada jamoasini tark etişi mumkin. Bu haqida COPE naşri xabar tarqatdi.

Keçagi yirik hisobdagi mağlubiyatdan keyin argentinalik yulduzning kayfiyati tuşib ketgan. Uning fikriça, klubda tubdan islohotlar ötkaziş kerak ekan.

Agar kataloniyaliklar rahbariyatda jiddiy özgarişlar bölmasa, Messi tez orada "Barsa"dan ketişini maʼlum qilgan.

×