Rossiya prezidenti Vladimir Putin Gaagadagi Xalqaro jinoiy sudi uni hibsga oliş uçun order berganidan keyin birinçi xalqaro taşrifni amalga oşiradi. Blooomberg agentligiga köra, Putin bu yil Xitoyga taşrif buyurişni rejalaştirgan.
Agentlik maʼlumotlariga köra, Kreml «Bir kamar, bir yöl» forumida iştirok etiş uçun Putinning Xitoyga taşrifiga tayyorgarlik körmoqda. Vaziyatdan xabardor uçta manbaga köra, safar şu yilning oktyabriga möljallangan. Putin Xitoy rahbari Si Tszinpinning tadbirda iştirok etiş uçun mamlakatga keliş taklifini qabul qildi, deydi agentlik insayderlaridan biri.
Qayd etilişiça, Putin şu yilning mart oyida Gaaga sudi uni hibsga olişga order berganidan beri Rossiyani tark etmagan. Jumladan, u Janubiy Afrikadagi BRIKS sammitini ötkazib yubordi, çunki uşbu davlat qonunlari böyiça Putin qamoqqa olinişi kerak.
Agentlikning taʼkidlaşiça, hozirça Rossiya yoki Xitoy rasmiylari Putinning Xitoyga taşrifini tasdiqlamagan.









