Salkam 1 million migrant Rossiyani tark etdi

Salkam 1 million migrant Rossiyani tark etdi

Rossiyada iş haqlari oşganiga qaramay, mehnat migrantlari öz vatanlariga qaytişni afzal körmoqda. Joriy yil davomida mamlakatdan taxminan bir million çet ellik çiqib ketgan. Bu haqda “Migrant-Servis” platformasi direktori, kadrlar yollaş böyiça ekspert Andrey Kladovga tayanib, “Ura.ru” xabar berdi.

“Xorijiy işçilarning çiqib ketişi yaqqol sezilmoqda. Yanvardan sentyabrgaça mamlakatni taxminan bir million kişi tark etdi”, dedi Kladov.

Unga köra, iş haqlari oşganiga qaramay, migrantlar Rossiyaga qaytişga şoşilmayapti. 2024 yil boşida işlab çiqariş sohasida işlaydigan çet ellik işçilar örtaça 105 ming rubl maoş olgan. Yozga kelib, ularning oyliklari 150 ming rublgaça oşgan. Ayniqsa, quruvçilar va kurerlarning iş haqlari sezilarli darajada kötarilgan, biroq bu ham işçi kuçining çiqib ketişiga tösqinlik qila olmagan. Mamlakatni tark etganlar esa asosan Özbekiston, Tojikiston va Qirğiziston fuqarolari.

“Hozirda har bir migrantga 10 ta iş örni töğri kelmoqda. Çet elliklar uçun odatiy bölgan köplab iş sohalariga taqiq qöyildi. Bu mamlakatga kelayotgan işçilarda iş topiş imkoniyatlari borasida jiddiy xavotir uyğotdi”, dedi Kladov.

Şuningdek, u çet ellik işçilarning çiqib ketişini yangi hududiy çeklovlarning kiritilişi bilan boğlagan. Yaşaş şaroitlari ham migrantlarning çiqib ketişiga sabab bölgan. “Migrant-Servis” maʼlumotlariga köra, agar xorijiy işçilarga iş bilan birga yaşaş joyi, oziq-ovqat va Rossiyaga moslaşişda yordam taqdim etilsa, ular iş takliflarini mamnuniyat bilan qabul qiladi. 

Kladovning fikriga köra, agar migratsiya oqimi kamayişda davom etsa, Rossiya işçi kuçi tanqisligiga duç keladi. Xususan, quriliş sohasidagi mehnat şaroitlari köplab rossiyaliklar talabiga javob bermaydi va maoş ham asosiy ehtiyojlarni qoplaş uçun yetarli emas. Şu sababli ular bu işlarda işlaşni xohlamayapti.


Teglar:
×