Dunyoni qum va çang böronlari egallaşi mumkin

Dunyoni qum va çang böronlari egallaşi mumkin

BMT uning oqibatlaridan ogohlantirdi.

BMT maʼlumotlariga köra, qum va çang böronlari dunyoning köp joylarini egallaşda davom etmoqda. Ulardan birinçi navbatda sayyoraning çöl hududlari aziyat çekmoqda. Misol uçun, Amerikaning Buyuk tekisliklarida sönggi yigirma yil içida bunday hodisalar soni ikki baravar köpaygan. 

 

Hozirda çang böronlari janubiy Yevropa kabi dunyoning boşqa mintaqalariga ham taʼsir körsatmoqda. Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Qum va çang böronlari böyiça koalitsiyasi çang böronlari atrof-muhit, iqlim, soğliq, qişloq xöjaligi va odamlarning turmuş şaroitiga jiddiy taʼsir körsatdi, deb taʼkidladi.

 

Oksford universitetining Atrof-muhitni muhofaza qiliş markazidan professor Devid Tomasning aytişiça, çöllarning çekkasida suv havzalarining hajmini kamaytiradigan yoki tabiiy ösimliklarni yöq qiladigan har qanday inson faoliyati çang böronlari xavfini oşiradi. U Orol dengizining qurişi va Iroq botqoqlarining qurib ketişini bunga eng yomon misol deb atadi.


Teglar:
×