Oliy va professional taʼlim muassasalarida 16,4 mlrd sömlik moliyaviy xato aniqlandi

Oliy va professional taʼlim muassasalarida 16,4 mlrd sömlik moliyaviy xato aniqlandi

2021 yilda Özbekistondagi 302 ta oliy va professional taʼlim muassasasida 16,4 mlrd sömlik moliyaviy xato va kamçiliklarga yöl qöyilgan. Bu haqda Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi boşqarma boşliği Salohiddin Toşmatov maʼlum qildi.

Taʼkidlanişiça, 49 ta oliy taʼlim muassasasida 9,4 mlrd sömlik, 253 ta professional taʼlim muassasasida 7,0 mlrd sömlik, jami 302 ta taʼlim muassasasida 16,4 mlrd sömlik moliyaviy xato va kamçiliklarga yöl qöyilgan.

Uşbu qayd etilgan 16,4 mlrd sömlik moliyaviy xato va kamçiliklarning:

•  11,4 mlrd sömlik maqsadsiz va ortiqça xarajatlarning oldi olindi (amaldagi meʼyoriy normativlarga nisbatan ortiqça ştatlarni saqlaş holati, ortiqça hisoblangan iş haqi va unga tenglaştirilgan tölovlar, taʼmirlaş xarajatlari, ijara tölovlari, inventarizatsiya jarayonida aniqlangan inventarlar kamomadi, debitor-kreditor qarzdorliklar hamda boşqa turdagi hisob-kitoblar);

•  2,3 mlrd sömlik ortiqça hisoblangan iş haqi va unga tenglaştirilgan tölovlar, taʼmirlaş xarajatlari, ijara tölovlari, inventarizatsiya jarayonida aniqlangan kamomad va boşqa turdagi hisob-kitoblar keyingi oylarda hisob-kitob qiliş uçun undiruvga qaratilgan;

•  2 ta oliy taʼlim hamda 10 ta kasbiy taʼlim muassasalarida ötkazilgan profilaktika tadbirlarida aniqlangan 2,7 mlrd sömlik moliyaviy xato va kamçiliklarda jinoyat alomatlari mavjudligi sabab örganiş materiallari rasmiylaştirilib, huquqiy baho beriş va qonuniy çora köriş uçun huquqni muhofaza etuvçi organlarga yuborilgan.

Salohiddin Toşmatovga köra, körsatib ötilgan xato va kamçiliklarga, moliyaviy qonun buziliş holatlariga yöl qöygan rahbar va masʼul xodimlarning 161 nafariga nisbatan intizomiy jazo qöllanilgan, 46 nafari esa egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

×