Qozoğistonda Qodirovga qöyilgan yodgorlik buzib taşlandi

Qozoğistonda Qodirovga qöyilgan yodgorlik buzib taşlandi

Çeçeniston sobiq rahbari Ahmad Qodirovning xotirasiga Qozoğistondagi qişloqlardan birida örnatilgan yodgorlik buzib taşlandi. Bu haqda “Tsargrad” xabar berdi.

Qayd etilişiça, 5 avgustdan 6 avgustga ötar keçasi Qarağanda viloyatidagi Saran qişloğida Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirovning otasi şarafiga örnatilgan yodgorlik bir guruh nomaʼlum şaxslar tomonidan buzib taşlangan. Ular dastlab yodgorlikni turli haqoratli yozuvlar bilan böyagan va bosqonlar yordamida qulatgan. 

“Holat yuzasidan Qozoğiston politsiyasi jinoiy iş qözğatgani haqida heç qanday maʼlumot berilmagan. Şuningdek, Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirov ham bu borada heç qanday izoh bildirmagan”, deyiladi xabarda. 

Maʼlumot uçun, mazkur yodgorlik Rossiya qahramoni va Çeçenistonning birinçi rahbari Ahmad Qodirov tuğilgan va bolaligida yaşagan uy örnida 2012 yilda örnatilgan.


Teglar:
×