Boyqönğirda qurilayotgan örta va yarim oğir toifali “Soyuz-6“ va “Soyuz-5“ eltuvçi raketalar uçiriladigan Rossiya raketa-fazoviy majmuasi Qozoğiston birinçi prezidenti Nursultan Nazarboyev şarafiga “Nazarbayevskiy start“ deya ataladigan böldi.
Bu haqdagi xabar Rossiyaning “Roskosmos” saytida paydo böldi.
Boyqönğirda majmua qurilişi borasidagi Kelişuv 2018 yilda imzolangan edi. Avval u “Bayterek“ deb nomlangandi. Biroq ötgan hafta Moskvada Nazarboyev va RF prezidenti Vladimir Putin uçraşib, siyosatçilar birgalikda Xalq xöjaligi yutuqlari körgazmasining “Qozoğiston” paviloniga taşrif buyurişganlarida RF prezidenti majmuaning nomini özgartiriş taklifini ilgari surdi.
Maʼlumotlarga köra “Nazarboyev“dan ilk raketa 2022 yilda uçiriladi.
Boyqönğirda raketa uçiriladigan Rossiya fazoviy majmuasiga Nazarboyev nomi berildi









