Afğonistonning Samangan viloyatida «Tolibon» vakillari özbek komandirini hibsga olgan. Bu haqda «8 subh» naşri xabar berdi.
Manbaga köra, uning ismi Junadulla bölib, Samangan viloyati Razvedka boşqarmasining tezkor amaliyot bölinmasi komandiri sifatida işlagan. Unga Milliy qarşilik fronti bilan hamkorlik qiliş aybi qöyilgan.
Mulla Junadulla toliblar hokimiyatga kelgaç, Samangan viloyati qişloq xöjaligi va hayvonot boşqarmasiga direktor etib tayinlangan, keyinroq razvedka boşqarmasiga ötkazilgandi. Qarindoşlarining fikriça, u fitna qurboni bölgan.
«Tolibon» rasmiylari hozirça uşbu xabar böyiça izoh berganiça yöq.









