DXX bir guruh şaxslarni hibsga oldi

DXX bir guruh şaxslarni hibsga oldi

Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati böyiça boşqarmasi xodimlarining Çegara qöşinlari harbiy hizmatçilari hamda viloyat içki işlar boşqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazdi.

Unda Andijon tumanida yaşovçi, 1992 y.t. fuqaro Xöjaobod tumaniga borib, qirğizistonlik narkokurʼerlar tomonidan davlat çegarasidagi sim tösiqlar va unga parallel ravişda örnatilgan devor ustidan uloqtirib ötkazib berilgan 3 kg 860 gr «gaşiş» moddasini qabul qilib olgan vaqtida uşlandi.

Andijon viloyatida kuzatilgan yana bir holatda esa 1980 y.t., muqaddam bir neça bor sudlangan fuqaro yonida 110 dona flakonda «Tropikamid» kuçli taʼsir qiluvçi dori vositasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylaştirib olindi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati böyiça boşqarmasi xodimlarining Bojxona qömitasi xodimlarini jalb etgan holda ötkazgan tezkor tadbirida Toşkent şahri tomon harakatlanib ketayotgan, Namangan şahrida yaşovçi, 1987 y.t. fuqaro boşqaruvidagi «Lasetti» rusumli avtomaşina Qamçiq dovonida töxtatildi.

Avtomaşina közdan keçirilganda, uning salon qismida va yukxonasida 1680 dona flakonda «Tropikamid» kuçli taʼsir qiluvçi dori vositasi borligi aniqlanib, örnatilgan tartibda olib qöyildi.

Şuningdek, mazkur dori vositalari Toşkent şahrida yaşovçi, 1984 y.t., muqaddam sudlangan fuqaroga olib ketilayotganligi maʼlum bölib, u ham hibsga olindi.

Hozirda mazkur holatlar böyiça jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

×