Şu kunlarda «tahlilçi» Anvar Nazir ijtimoiy tarmoqlarda «Tolibon» Harakati göyoki Afğoniston hududida maktab dasturidan özbek tilini olib taşlagani haqidagi yangilikni joylaştirdi, deyiladi Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi rasmiy vakilining axborotida.
«Bundan kelib çiqqan holda, uşbu şaxs Afğonistonda Amir Temur, Şayboniyxon, Boborahim Maşrab, Mahmud Ğaznaviy, Abu Rayhon Beruniy merosining örganilişi hamda navoiyşunoslikning ham taʼqiqlangani haqida xulosa qiladi.
Şuni maʼlum qilamanki, Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi vakilining «Tolibon» Harakati rasmiy rahbariyati bilan bölib ötgan suhbati çoğida uşbu axborotning haqiqatga zidligi taʼkidlandi.
«Tolibon» vakili özbek tili, puştu va dari tillari bilan bir qatorda, bundan buyon ham Afğonistonning rasmiy tillaridan biri bölib qolişini tasdiqladi. Özbek tilini örganiş va rivojlantirişga, toliblar rasmiy vakilining maʼlumotiga köra, mamlakat yangi rahbariyati alohida eʼtibor qaratadi», deyiladi munosabatda.









