XJS “Tolibon” yetakçilarini hibsga olişga order berdi

XJS “Tolibon” yetakçilarini hibsga olişga order berdi

Xalqaro jinoiy sud (XJS) Afğonistondagi vaziyat böyiça jinoyat işi doirasida “Tolibon” muvaqqat hukumatining tört nafar yuqori martabali vakilini hibsga olişga berilgan orderlardan maxfiylik muhrini olib taşladi va ularni eʼlon qildi. Sud joriy yilning 5 oktyabr kuni maxfiylik grifni bekor qiliş töğrisida qaror qabul qilgan. Bu haqda taşkilot saytida eʼlon qilindi.

Qayd etilişiça, hibsga oliş orderlari 2025 yilda çiqarilgan. Ular “Tolibon” oliy yetakçisi Haybatulloh Oxundzoda, boş sudya Abdul Hakim Haqqoniy, taʼlim vaziri Habibulla Oğa va Haj hamda vaqf işlari vaziri Nido Muhammad Nadimga tegişli.

XJS maʼlumotlariga köra, ular insoniyatga qarşi jinoyatlarga aloqador bölişlari mumkin. Gap odamlarni jinsiy mansubligi, şuningdek, siyosiy sabablarga köra taʼqib qiliş haqida bormoqda.

Tergov uşbu ayblovlarni 2021 yil avgustida “Tolibon” Afğonistonda hokimiyatni qölga kiritganidan keyin olib borgan siyosati bilan boğlamoqda. Sudning baholaşiça, harakat tomonidan joriy etilgan qoidalar tinç aholining huquq va ozodliklari keng kölamda çeklanişiga olib kelgan.

Iş materiallarida aytilişiça, ayniqsa şafqatsiz çoralar xotin-qizlar va qizlarga qarşi qaratilgan. Ularning taʼlim oliş imkoniyati, harakatlaniş va öz fikrini bildiriş ozodligi, şuningdek, şaxsiy va oilaviy hayotga bölgan huquqlari çeklangan. Çeklovlar fikrlaş, vijdon va eʼtiqod ozodligiga ham taʼsir qilgan.

XJS, şuningdek, olib borilayotgan siyosat bilan boğliq qotilliklar, noqonuniy hibsga olişlar, qiynoqlar va zörlaşlar haqidagi xabarlarni ham körib çiqmoqda. XJS maʼlumotlariga köra, ehtimoliy jinoyatlar Afğonistonda 2021 yil 15 avgustdan, yaʼni “Tolibon” hokimiyatga qaytgan paytdan boşlab sodir etilgan va kamida 2025 yil 20 yanvargaça davom etgan. 


Teglar:
×