Hindistonning Jammu şahrida politsiya poyezd vokzalini portlatiş haqida xat olib kelgan kabutarni hibsga oldi. Bu haqda “The Indian Express” xabar berdi.
Huquq-tartibot organlari maʼlumotiga köra, voqea 18 avgust kuni keçqurun Pokiston bilan çegaraga yaqin joylaşgan Katmariya hududida sodir bölgan. Kabutarning oyoğiga boğlangan xatda urdu va ingliz tillarida “Kashmir Freedom” (Kaşmir ozodligi), “Time has come” (vaqt keldi) sözlari yozilgan bölib, temiryöl vokzalida portlaş sodir etilişi haqida ogohlantirilgan.
Manbalarga köra, bu Hindistonda birinçi marta aynan kabutar orqali yetkazilgan tahdid xati sanaladi. Avvalroq Pokiston hududidan havo şarlar, bayroqlar va turli yozuvlar uçirilgani qayd etilgan.
Politsiya xavfsizlik çoralarini kuçaytirgan. Vokzal va temiryöl yaqinlarini qöşimça kuçlar, kinologlar va sapyorlar qöriqlamoqda. Mutaxassislar bu voqeani oddiy hazil yoki puxta rejalaştirilgan fitna ekanini aniqlaşga harakat qilmoqda.
Ekspertlarning fikriça, kabutar maxsus örgatilgan bölişi mumkin. Şu sababli rasmiylar bunday tahdidlarga jiddiy yondaşişga majbur.









