Alişer Usmonov Putinning “hamtovoği”mi? Milliarder javob berdi

Alişer Usmonov Putinning “hamtovoği”mi? Milliarder javob berdi

Asli özbekistonlik milliarder Alişer Usmonov Putin bilan aloqalari va Kremlning “maxsus vazifalari”ni bajarişi haqidagi savolga javob berdi. Bu haqda u Italiyaning “Corriere Della Sera” naşriga bergan intervyusida aytib ötdi. 

Qayd etilişiça, jurnalist Alişer Usmonovga “Siz Putinning döstimisiz yoki yöq? Kreml işonçli oligarxlariga işonib topşirayotgan “maxsus vazifalar” sizga ham beriladimi?” qabilida savol bergan. Milliarder esa bunga javoban Rossiyada tadbirkorlar hukumatning topşiriqlarini bajarişi haqidagi gaplar yolğon ekanini aytgan. Özi esa heç qaçon davlatdan şubhali yordamlar olmagani hamda doim şaffoflikda işlaganini taʼkidlagan. 

“Ğarb jurnalistlari va siyosatçilari Rossiyani tadbirkorlar Kreml buyruği bilan yuradigan davlat, deb hisoblaşni yaxşi köradilar. Lekin bu xato. Haqiqatan ham şunday deb öylagan kişi Rossiya haqida heç narsani tuşunmaydi. Oligarx yorliğiga kelsak... Men heç qaçon xususiylaştirişda qatnaşmaganman, davlatdan şubhali yordam olmaganman, doim bozor bahosida, şaffoflikda işlaganman. Putinga kelsak, ha, u meni muvaffaqiyatlarim uçun bir neça bor mukofotlagan, lekin u buni hatto çet elliklar ham xuddi şu maqomga erişişni orzu qilgan yillarda amalga oşirgan. Nima? Tösatdan muvaffaqiyatga erişiş jinoyatga aylandimi?”, deydi u. 

Alişer Usmonov, şuningdek, Ğarb sanktsiyalari unga qançalik taʼsir qilgani haqida ham gapirgan. Uning aytişiça, iqtisodiy çoralar nafaqat unga, balki, u hissadori bölgan kompaniyalar va ularning xodimlariga, uning xayriya loyihalaridan yordam olgan odamlar, jumladan, kasallar, muhtojlar va boşqalarga ham taʼsir qiladi. 

Milliarder “Ukrainani bosib oliş töğrimi?”, degan savolga esa quyidagiça javob bergan: 

“Men siyosatdan uzoqman, odamlarni böliş örniga ularni birlaştira oladigan sohalarni afzal köraman: sport, biznes, xayriya. Men Ukrainadagi harbiy harakatlar qurbonlarining barçasiga yaqinman. Umid qilamanki, bu fojiali mojaro tez orada tugaydi va diplomatiya nihoyat öz rolini öynaydi. Biz tezda yöqolgan özaro işonçni tiklaşimiz kerak. Hammasi istisnosiz: yevropaliklar ham şu jumladan”. 

Eslatib ötamiz, avvalroq Alişer Usmonov özining Putinning odami ekani haqidagi daʼvolarni keskin rad etgandi.


Teglar:
×