Asli özbekistonlik bölgan milliarder Alişer Usmonov Toşkent şahrining Mirobod tumanida özi öqigan 110-maktabni taʼmirlaş uçun yirik miqdorda mablağ ajratdi. Maktab 2020/2021 öquv yilini yangi binoda qarşi oldi.
2019 yilda Alişer Usmonov taşabbusi bilan uşbu maktabda kapital taʼmirlaş işlari boşlangandi. Taʼmir 2020 yilning sentyabr oyiga kelib tugatildi.
Zamonaviy köriniş kasb etgan maktabda SMART aqlli texnologiyalaridan keng foydalanilgan. Maktab binosiga daqiqasiga 40 kişini ötkaziş imkoniyatiga ega va sensor qoplamali, qiyofalarni esda saqlab qoluvçi turniket orqali kiriladi.
Keng, rang-barang, yoruğ yölaklar öquvçilarning dunyoqaraşi kengayişiga, bilimlar olamiga şönğişiga, etika-estetikasi yuksalişiga xizmat qiladi. Ayni vaqtda Özbekistonda 10 mingga yaqin umumiy örta taʼlim maktablari faoliyat yuritayotgan bölsa, 110-maktabning yangi binosi ular orasida namunaviy köriniş kasb etdi, deyiş mumkin.
Maktabdagi har bir sinfxona zamonaviy axborot texnologiyalari – kompyuter, sensorli televizor bilan taʼminlangan. Yölaklarga öquvçilar tanaffus vaqtida hordiq çiqarişi uçun örindiqlar örnatilgan.
Kimyo, biologiya, fizika xonalarini hatto, universitetlarda ham uçratmaysiz. Uskunalar öquvçilarga berilayotgan nazariy bilimni amaliy sinovdan ötkaziş imkonini beradi.
Yoşlarni harbiy xizmatga tayyorlaş fani böyiça zamonaviy merganlik xonasi ham taşkil etilgan. Sinfxonada nafaqat nazariy bilimlar oliş, balki zamonaviy texnologiyalar yordamida merganlik saboqlarini ham sinab köriş mumkin.
Bundan taşqari maktabda hovuz, stomatologiya, tadbirlar zali, amfiteatr, yozgi va qişki oşxona, bolalar öyingohi, planetariy, futbol, basketbol, voleybol maydonlari, yuguriş va velosiped uçiş uçun alohida yölaklar, sportning gimnastika turi bilan şuğullanuvçi qizlar uçun alohida sport zali, futnes klubi mavjud.









