Özbekistonda Twitter, TikTok va VKontakte bloklandi

Özbekistonda Twitter, TikTok va VKontakte bloklandi

Twitter, TikTok va VKontakte ijtimoiy tarmoqlar faoliyati Özbekiston hududida çeklandi. Bu haqda “Özkomnazorat” axborot xizmati xabar bermoqda.

Maʼlum bölişiça, “Şaxsga doir maʼlumotlar töğrisida”gi Qonunning 27-1-moddasi talablariga zid ravişda Özbekiston fuqarolarining şaxsga doir maʼlumotlariga işlov berilayotgani uçun ayrim ijtimoiy tarmoqlar 2021 yil 2 iyuldan “Şaxsga doir maʼlumotlar subʼektlari huquqlarini buzuvçilar reyestri”ga kiritildi va Internet tarmoğida mazkur resursdan Özbekiston hududida foydalaniş örnatilgan tartibda, aniqlangan kamçiliklar bartaraf etilgunga qadar çeklandi.

Eslatib ötamiz, avvalroq, “Özkomnazorat” “VKontakte”, “Twitter” va “WeChat” ijtimoiy tarmoqlarida özbekistonliklarining şaxsiga doir maʼlumotlarga qonun talablariga zid ravişda işlov berilayotgani uçun “Mail.ru Group”, “Twitter Inc” va “Tencent-Inc” kompaniyalariga körsatmalar berilgani haqida maʼlum qilgan edi.

×