Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist Dilbar Mahmudova vafot etdi

Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist Dilbar Mahmudova vafot etdi

Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist Dilbar Mahmudova 85 yoşida vafot etdi.  Bu haqda Özbekiston psixologlar assotsiatsiyasi boşqaruv aʼzosi Şoira Isakova Facebook`dagi sahifasida maʼlum qilgan.

Qayd etiltişiça, Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist hamda Jurnalistlar ijodiy uyuşmasi aʼzosi bölgan Dilbar Mahmudova bugun, 17 yanvar kuni 85 yoşda vafot etgan. 

Maʼlumot örnida, Dilbar Mahmudova 1936 yil 8 aprelda Toşkent şahrida tuğilgan. 1959 yili Örta Osiyo davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ni tamomlagan. Uning ilk kitobi “Yarim asr yonma-yon” nomi bilan çop etilgan.

Şundan söng, uning “Har maktubda umr lahzasi”, “Halima”, “Hayotdan keyingi hayot”, “Möyqalamda yozilgan roman”, “Sinmagan Surxon qizi”, “Mehr quyoşi”, “Osmonmisiz, quyoşmisiz yo oymisiz, buvijon!” kitoblari naşr qilingan.

Şuningdek, Dilbar Mahmudova turmuş örtoği Tilab Mahmud bilan hammualliflikda “Umr şomidagi baxt”, “Tortadirman jabrini”, “Omonat dunyo” nomli pesalar yozgan. Qayd etilişiça, mazkur asarlar Özbek Milliy akademik drama teatrida sahnalaştirilgan.

×