Içki işlar vazirining matbuot kotibi Şohrux Ğiyosovning jurnalist va blogerlarga murojaati

Içki işlar vazirining matbuot kotibi Şohrux Ğiyosovning jurnalist va blogerlarga murojaati

Sönggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda içki işlar organlari xodimlarining xizmat faoliyati bilan boğliq köplab tasvirlar va maqolalar joylaştirilmoqda. Ijobiy videolavhalar bilan birga, afsuski xodimlarimiz tomonidan yöl qöyilgan salbiy holatlar, xato va kamçiliklar tasvirlangan kontent ham mavjud. Mazkur oçiqlik öz örnida xodimlarning jamoatçilik nazoratida ekanligini uqtiriş bilan birga, xizmatimizdagi kamçiliklarini aniqlab, bartaraf etişga hamda tizimni nomunosib xodimlardan tozalaşga yordam bermoqda.

Lekin şu bilan birga ayrim holatlarda xodimlarning harakatlari ortidan piar qiliş, haqiqatdan yiroq bölgan bayonotlar orqali ularni obrösizlantirişga uriniş, içki işlar organlari xodimlariga nisbatan bölgan şaxsiy adovatni ijtimoiy tarmoqlar maydoniga çiqariş kabi nosoğlom tendentsiya ham kuzatilmoqda. Buning eng yomon tomoni, öz burçini sadoqat bilan bajarayotgan xodimlarning kayfiyatiga salbiy taʼsir körsatişidir.

Joriy yilning özida, ijtimoiy tarmoqlarda içki işlar organlari xodimlarini obrösizlantirişga qaratilgan 1470 dan oşiq maʼlumotlar tarqatilganligi aniqlangan. Uşbu xabarlarning deyarli 60 foizi çet elda röyxatdan ötgan akkauntlar orqali çiqarilgani maʼlum bölgan. Bu borada, yuzdan oşiq fuqarolarimiz bilan tuşuntiriş işlari olib borilib, maʼlumot tarqatiş madaniyatiga rioya qiliş borasida suhbatlar ötkazilgan.    

Maʼlum qilamizki, hozirgi vaqtda Içki işlar vazirligi heç qaçon bölmaganidek oçiqlikni, şaffoflikni hamda ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni namoyiş etib kelmoqda. Içki işlar organlarining birorta sohasi yöqki jurnalistlar yoki ijtimoiy tarmoq yurituvçilarining hamkorligini rad etgan bölsa. Soha axborot xizmatlari öz faoliyatini nafaqat vazirlikning markaziy apparati, balki joylardagi barça organlarda olib bormoqdalar.

Içki işlar organlarida fuqarolarning murojaatlarini körib çiqiş masalasi ham aniq tizimiylik asosida yölga qöyilgan, ayniqsa xodimlarning xatti-harakatlari ustidan tuşgan şikoyatlarning birontasi ham eʼtiborsiz qoldirilmaydi. Albatta, kamçilik har bir sohada mavjud, ularni bartaraf etiş esa tizim rahbariyatining birlamçi vazifasidir, şuning uçun Içki işlar vazirligi soğlom tanqid va konstruktiv muloqotga doim tayyor.

Içki işlar vazirligining axborot xizmati barça jurnalistlar, blogerlar va ijtimoiy tarmoq yurituvçilarini soğlom va konstruktiv hamkorlikka çaqiradi, sohadagi özgarişlar, ijobiy işlar bilan şaxsan tanişişlariga imkoniyat yaratib beradi. Javoban esa, içki işlar organlari bilan boğliq har qanday axborot yoki tanqidiy bayonot subʼektivizmdan yiroq bölişini hamda xolislikni aks ettirişini söraydi.

Fursatdan foydalanib, vazirlikning axborot xizmati bilan yaqindan hamkorlik qilib kelayotgan barça jurnalistlarga, blogerlarga va alohida fuqarolarga çin dildan minnatdorçilik bildiramiz.

Içki işlar vazirining matbuot kotibi Şohrux Ğiyosov

×