«Özbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi» davlat muassasasida «bodi kamera»lar bilan işlaş tizimi yölga qöyildi.
Maʼlumotga köra, korruptsiya bilan boğliq holatlarni oldini oliş va faoliyat şaffofligini taʼminlaş maqsadida şunday yöl tutilmoqda.
Qayd etilişiça, mamlakatimizda «yagona darça» bojxona axborot tizimi hisoblangan singlewindow.uz sayti işga tuşirilgan bölib, muvofiqlikni baholaş sohasida inson omilini qisqartiriş uçun işlab çiqaruvçi va tadbirkorlar UzTest davlat muassasasi orqali mahsulotlarini sertifikatlaştirişda faqatgina uşbu saytda ariza yöllaşi, hujjat topşirişi va sertifikatini qabul qilib olişi mumkin.
Markazning sertifikalaştiriş organlari xodimlari ariza yöllagan murojaatçi mahsulotlarini sinov laboratoriyalariga taqdim etiş uçun joylarga çiqqan holda mahsulot partiyasidan belgilangan meʼyor va talablarga asosan namuna tanlab oladi hamda zamonaviy sinov laboratoriyalar majmuasiga topşiradi. Uşbu jarayonning oçiq va oşkoraligini taʼminlaşga qaratilgan yangi kuzatuv vositalari bilan korruptsiyaning oldini oliş, mamlakatimiz bozorlariga sifatsiz mahalliy va import mahsulotlar kirib kelişining keskin darajada qisqartirilişiga erişiladi.
Mahsulotlarni sertifikatlaştiriş, sinovdan ötkaziş va boşqa sohada körsatiladigan xizmatlar narxlari muassasaning rasmiy saytida (uztest.uz) joylaştirilgan.









