Toşkent, Buxoro va Samarqand şaharlarida “Tax free” tizimi va “Duty free” dökonlari taşkil etiladi. Bu haqda Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ötgan xizmatlar sohasini rivojlantiriş böyiça olib borilayotgan işlar natijadorligi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yiğilişida söz bordi.
Yiğilişda yirik, zamonaviy savdo va köngiloçar maskanlar uşbu şaharlarning “taşrif qoğozi”ga aylanişi zarurligi körsatib ötildi. Lekin, bugungi kunda Samarqand şahrida maydoni 10 ming kvadrat metrdan oşadigan atigi 4 ta zamonaviy gipermarket mavjud bölsa, Namangan şahrida endi qurilmoqda.
Namanganda kelgusi yilda maydoni 200 ming kvadrat metr bölgan 3 ta, Samarqandda 400 ming kvadrat metr bölgan 7 ta yirik savdo va xizmat körsatiş majmualari faoliyatini taşkil etiş topşiriği berildi.
Yana bir masala – Toşkent, Samarqand, Buxoro kabi yirik şaharlarda “Tax free” tizimini joriy etiş, şahar içida “Duty free” dökonlarini taşkil etiş orqali çakana savdo hajmini 2-3 barobarga oşiriş mumkin.
"Umuman, xorijiy mehmonlarga xaridlari uçun qöşilgan qiymat soliğini qaytarib beriş tizimini barça turistik şaharlarda yölga qöyiş lozim.
Uşbu 3 ta şahar misolida körsatib berilgan imkoniyatlar barça viloyat markazlari va yirik şaharlar uçun tegişli", deydi Prezident.









