Toşkent–Namangan avtomobil yölida intellektual transport tizimi joriy etiladi

Toşkent–Namangan avtomobil yölida intellektual transport tizimi joriy etiladi

A-373 Toşkent–Namangan avtomobil yölining 100 km qismida intellektual transport tizimini joriy qiliş közda tutilgan. Loyihada quriliş-montaj işlari joriy yilning 2-çoragida boşlanişi rejalaştirilgan.

Ğuzor–Buxoro–Nukus–Beyneu avtomobil yölining bir qismini rekonstruktsiya qiliş loyihasi doirasida Intellektual transport tizimi komponenti amalga oşirilmoqda.

Avtomobil yöllari qömitasi axborot xizmatining maʼlum qilişiça, loyihaga ikkita nufuzli xorijiy kompaniyalar tomonidan qiziqiş bildirilib, ular tomonidan tender takliflari taqdim etilgan.

Barça şartlar böyiça ötkazilgan tender savdolari natijalariga köra, pudratçi kompaniya sifatida Xitoyning «China Machinery Engineering Group Corporation» va «CTFO JETON Technology Co. Ltd» konsortsiumi ğolib deb topildi. Avtomobil yöllari qömitasi tasarrufidagi «Avtoyölinvest» agentligi va «CMEC-JETON» konsortsiumi örtasida şartnoma imzolandi.

Qayd etilişiça, rekonstruktsiya loyihasi doirasida tsement-beton qoplamali 2 tasmali yöl qurilişi işlari amalga oşirilmoqda. Aynan şu loyiha komponenti sifatida A-373 Toşkent–Namangan avtomobil yölining 100 km qismida intellektual transport tizimini joriy qiliş közda tutilgan. Loyihada quriliş-montaj işlari joriy yilning 2-çoragida boşlanişi rejalaştirilgan.


×