Boşlanğiç taʼlimga majburiy bepul 1 yillik tayyorlaş tizimi joriy etiladi

Boşlanğiç taʼlimga majburiy bepul 1 yillik tayyorlaş tizimi joriy etiladi

«Bolalarni boşlanğiç taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlaş tizimini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida» Hukumat qarori (132-son, 09.03.2020 y.) qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, 2019/2020 öquv yilidan boşlab Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida bolalarni boşlanğiç taʼlimga majburiy bepul 1 yillik tayyorlaş tizimi töliq joriy etiladi.

Maktabgaça taʼlim vazirligining bu boradagi asosiy vazifalari belgilandi. Jumladan, vazirlik maktabgaça taʼlim bilan qamrab olinmagan bolalar uçun tayyorlov guruhlarini şakllantiradi.

Tayyorlov guruhlari uçun öquv yili:

  • 2019/2020 öquv yilida 2020 yil 10 martdan boşlanadi va 20 avgustda tugaydi;
  • 2020/2021 öquv yilidan boşlab, har yili 2 sentyabrdan boşlanadi va keyingi yilning 25 mayida tugaydi.

Boğçalar tomonidan hamda ulardan taşqari taşkil etiladigan tayyorlov guruhlari tarbiyalanuvçilari boşlanğiç taʼlimga tayyorgarlikdan ötgan deb hisoblanadi va majburiy bepul 1 yillik tayyorlovdan ozod etiladi.

Bunda, uşbu muassasalarda tayyorgarlikdan ötgan bolalarga boşlanğiç taʼlimga majburiy 1 yillik tayyorlovdan ötganlik töğrisida davlat namunasidagi sertifikat beriladi.

Qaror bilan 2020–2025 yillarda bolalarni majburiy maktabgaça taʼlim bilan qamrab olişning maqsadli körsatkiçlari tasdiqlandi. Unga köra, 2024/2025 öquv yiliga kelib 6 yoşdagi bolalar maktabgaça taʼlim bilan 100 foiz qamrab olinadi.

Qaror bilan, şuningdek, Bolalarni boşlanğiç taʼlimga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlari faoliyatini taşkil etiş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.

Unga köra, tayyorlov guruhlari boğçalarda  (boğça mavjud bölmagan yoki yetarli şaroit bölmaganda boşqa mos binolarda) taşkil etiladi.

Guruhlarda bolalarning böliş vaqti 3-4 soatni taşkil etadi va taʼlim-tarbiya jarayoni bir yoki ikki smenada taşkil etiladi, bitta guruhdagi bolalar soni 30 nafardan oşmasligi kerak.

×