Ijtimoiy tarmoqlarda pensiya tizimi xususiy sektorga berilişi rejalaştirilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Strategik islohotlar agentligi mazkur xabarlar asossiz ekanligini maʼlum qildi.
“Pensiya tizimiga xususiy sektorni jalb qiliş taklifi davlat iştirokidagi pensiya fondini bekor qilişni nazarda tutmaydi”, deyiladi agentlik xabarida.
Qayd etilişiça, uşbu masala xalqaro ekspertlar tomonidan pensiya tizimini isloh qiliş yuzasidan taklif etilgan bir qator tavsiyalardan biri bölib, hozirda uşbu takliflar Strategik islohotlar agentligi va boşqa tegişli idoralar tomonidan örganilmoqda.
Şu bilan birga, pensiya tizimiga oid har qanday özgarişlar xalqaro tajriba tahlili, şuningdek, aholi fikri va ehtiyojlarini çuqur örganiş asosida şakllantirilib, barça taşabbuslar jamiyatning ijtimoiy himoyasini kuçaytirişga qaratiladi.
13 may kuni Strategik islohotlar agentligida Xalqaro maslahatçilar kengaşi aʼzolari bilan uçraşuv bölib ötgandi. Unda 2025 yilga möljallangan qöşma dastur doirasida tayyorlangan taşabbuslar muhokama qilingan. Xususan, XMK vakillari pensiya tizimining joriy modelini qayta körib çiqiş zarurligini taʼkidlab, moliyaviy barqarorlikni taʼminlaş maqsadida 6 ta asosiy yönalişni öz içiga olgan pensiya islohoti rejasini işlab çiqdi.
Ular qatoriga pensiya jamğarmasiga badallar tölangan davr asosida “suğurta staji” tizimini joriy etiş, pensiya xizmatlarini körsatişning barça bosqiçlarini raqamlaştiriş, ixtiyoriylik va jamğarib boriş tamoyillariga asoslangan xususiy pensiya jamğarmalarini taşkil etiş kiradi. Kengaş bu yönalişda 5 ta qonunni qabul qilişni taklif qildi.
Özbekistondagi pensiya tizimi haqida
Mamlakatda pensiya tizimi ikki asosiy ustunga tayanadi: davlat tomonidan moliyalaştiriladigan pensiya tizimi va majburiy jamğarib boriladigan pensiya tizimi.
Davlat pensiya tizimi “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti töğrisida”gi qonun asosida faoliyat yuritadi. Uşbu tizim quyidagi pensiya turlarini öz içiga oladi:
- yoşga doir pensiya (erkaklar uçun 60 yoşda kamida 25 yillik mehnat staji, ayollar uçun 55 yoşda kamida 20 yillik mehnat staji talab etiladi);
- nogironlik pensiyasi (mehnatga layoqatsizlik holatlarida tayinlanadi);
- boquvçisini yöqotganlik pensiyasi (boquvçisini yöqotgan oilalarga beriladi).
Agar fuqaroning mehnat staji yetarli bölmasa, pensiya yoşi erkaklar uçun 65 yoş, ayollar uçun 60 yoş etib belgilanadi.
2004 yildan boşlab Özbekistonda majburiy jamğarib boriladigan pensiya tizimi joriy etilgan. Uşbu tizimda har bir fuqaro uçun şaxsiy pensiya hisobvaraği oçiladi va iş beruvçi tomonidan maoşning 1 foizi miqdorida ajratmalar amalga oşiriladi. Bu mablağlar Byudjetdan taşqari pensiya jamğarmasida jamlanadi. Fuqaro pensiya yoşiga yetganda yoki qonunçilikda belgilangan boşqa holatlarda uşbu jamğarmadagi mablağlardan foydalaniş huquqiga ega böladi.









