Namanganda hokimlik binosi oldiga qöylarni boşlab borgan şaxs 10 sutkaga qamaldi

Namanganda hokimlik binosi oldiga qöylarni boşlab borgan şaxs 10 sutkaga qamaldi

Namanganda tadbirkor tuman hokimligi binosi oldiga 100 ga yaqin qöyni haydab kelgani haqida xabar berilgandi. Namangan viloyati IIB matbuot xizmati xabar qilişiça, qöylarni hokimlikka boşlab borgan şaxsga nisbatan çora körilgan (https://daryo.uz/k/2021/06/18/namanganda-hokimlik-binosi-oldiga-qoylarni-boshlab-borgan-shaxs-10-sutkaga-qamaldi/).

Qayd etilişiça, 2021 yil 18 iyun kuni jinoyat işlari böyiça Yangiqörğon tuman sudining oçiq sud majlisida tuman hokimligi binosi oldiga qöylarini olib kelgan fuqaroga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 54-moddasi 1-qismi (epidemiyalarga qarşi kuraş qoidalarini buziş), 104-moddasi 1-qismi (ekinzorlarni payhon qiliş, qişloq xöjalik ekinlarining dalada töplab qöyilgan hosiliga zarar yetkaziş yoki uni yöq qilib yuboriş, köçatlarga şikast yetkaziş), 161-moddasi (şaharlarni va boşqa aholi punktlari obodonlaştiriş qoidalarini buziş), 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasining 1-qismida (içki işlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topildi.

Unga Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 54-moddasi 1-qismi bilan, yaʼni bazaviy hisoblaşning 5 baravari miqdoridagi jarima jazosi, Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 104-moddasining 1-qismi va 161-moddasi bilan bazaviy hisoblaş miqdorining 3 baravari miqdoridagi jarima jazosi, Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasi bilan 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi, Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 194-moddasining 1-qismi bilan bazaviy hisoblaşning 1 baravari miqdoridagi jarima jazosi tayinlandi.

×