Qaşqadaryoda YPX xodimiga «formani yeçib, ayollar kiyimini kiyib oling» degan haydovçi 7 sutkaga qamaldi (+VIDEO)

Qaşqadaryoda YPX xodimiga «formani yeçib, ayollar kiyimini kiyib oling» degan haydovçi 7 sutkaga qamaldi (+VIDEO)

Qaşqadaryoda haydovçi YPX xodimini haqoratladi. 

Maʼlum bölişiça, joriy yil 2 avgust kuni qamaşilik haydovçi Z.A. tezlikni oşirgani uçun töxtatilgan. U 70 km yuriş kerak bölgan yölda 77 km/soat tezlikda harakatlangan va uşbu holat uçun xodimlar tomonidan töxtatilgan. Şundan söng haydovçi Z.A. barça holatni videotasvirga olgan va 9 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarga joylab yuborgan. Eng eʼtiborli jihati, tasvirga oliş jarayonida Z.A. YPX xodimiga «ustingizdagi formani yeçib, ayollar kiyimini kiyib oling» degan haqoratli sözlar aytgan.

Haydovçining bu xatti-harakati 19 avgust kuni Kitob tuman maʼmuriy suditomonidan körib çiqilgan va tegişli moddalar bilan haydovçi 7 sutkaga qamalgan. Şuningdek, Z.A.ning qamoqda ötirgan har bir kuni uçun eng kam oylik işhaqining 15 foizi miqdorida jami 234 150 söm pul davlat foydasiga undirilişi belgilangan. 

×