Keça ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh şaxslar tomonidan ikki nafar ösmirlarni uyatli sözlar bilan haqorat qilib, ularning tanalarining turli joylariga qöl bilan urib oyoqlari bilan tepayotgani tasvirlangan videolar keng tarqalgandi.
Içki işlar vazirligi Navbatçilik qismlariga videoda tasvirlangan holatlar yuzasidan xeç kim murojaat qilmaganini maʼlum qilib, aybdor şaxslarga nisbatan çora köriş va qonuniylikni taʼminlaş maqsadida, fuqarolardan videoda tasvirlangan holat yuzasidan asosli maʼlumotga ega bölsalar, xabardor qilişni söragandi.

Olib borilgan tekşiruvlar davomida "muştumzörlar"ning şaxsiga aniqlik kiritildi.
Videoda tasvirlangan holatlar 2018 yil mart oyining boşlarida Toşkent viloyati Angren şahri Ohangaron köçasi, 2/5 daha qarşisida joylaşgan 72-sonli avtokorxonaning orqa tomonida bölib ötganligi, unda 2001 yilda tuğilgan S.P. uç nafar tengdoşlari bilan tanişlari Ş.F. va Ş.T. larni ilgari yuzaga kelgan kelişmovçilik sababli urib tepganliklari, keyinçalik mazkur holat mahalla fuqarolar yiğini raisi hamda ikki tomonning ota-onalari iştirokida muhokama qilinganligi, kelişmovçilikka barham berilganligi, holat iştirokçilarining bir-birlariga nisbatan daʼvosi yöqligi aniqlandi.
Fuqaro S.P. bilan suxbatlaşilganda, mazkur video qaysi yöl bilan tarqalib ketganini bilmasligini, qilgan işidan çin köngildan puşaymonligini bildirib, uşbu holat yurtdoşlarimiz orasida şov-şuvga va ularning haqli eʼtiroziga sabab bölganligi uçun keçirim söragan.









