Qarindoşlarining birortasi hukm öqiladigan kuni sudga kelmagani aytilmoqda
Butun Özbekistonni şok holatiga solgan oilaviy drama va nihoyat mantiqiy yakuniga yetdi - 24 iyul kuni ön kunlik şarʼiy nikohdagi jufti halolini ölasi qilib kaltaklagan er ustidan sud hukmi öqildi. Erkakka uç yilu sakkiz oylik qamoq jazosi berildi, deb xabar qilmoqda Sputnik Özbekiston muxbiri.
Muxbirning aytişiça, hukm öqiladigan kuni erkakning birorta qarindoşi sud majlisida qatnaşmagan.
Sudya öz hukmini eʼlon qilganidan söng, erkakning advokati kelin tomondan mijozi uçun rahm-şafqat söragan, ammo kelin uni keçirmagan.
Eslatib ötamiz, Samarqand viloyati Bulunğur tumanida töydan 10 kun ötgaç yoş kelinçak öz eri tomonidan ayovsiz kaltaklangan va tuman kasalxonasining reanimatsiya bölimiga tuşgan edi.
1988 yilda tuğilgan Zuxra Umarovaning yuzida soğ joy qolmagan, közlari dahşatli şişib, qontalaş bölib ketgan edi.
Uni bu holatda hatto tuqqan onasi ham tanimagan.
Umarovaning onasi öşa vaqtda huquqni muhofaza qiliş organlariga qilgan murojaat besamar ketgan, onaga qizini davolatiş va "öziga qimmatga tuşişi bois tibbiy ekspertizani ötkazmaslik" maslahat berilgan.









