"Endi oşirib yubordi": Komil Allamjonov toşkentlik taniqli jurnalistni sudga berdi

"Endi oşirib yubordi": Komil Allamjonov toşkentlik taniqli jurnalistni sudga berdi

Ommaviy axborot vositalari fondi Vasiylik kengaşi raisi Komil Allamjonov toşkentlik taniqli jurnalist, Uzmetronom.com sayti asosçisi Sergey Yejkovni sudga berdi. Bu haqda u telegram kanalida yozdi.

"Xabaringiz bölsa, şu yilning 21 fevral kuni Sergey Yejkov özining Uzmetronom.com saytida "Brilliantoviy malçik" sarlavhasi ostida maqola eʼlon qilindi. Unda meni 4 mln 200 ming dollarlik tilla taqinçoqlarni Özbekistonga noqonuniy olib kirişda şerikçilikda ayblagan. Bu juda jiddiy ayblov — bu Jinoyat kodeksining 182-moddasi “Bojxona töğrisidagi qonunlarni buziş” oğir jinoyatini sodir etiş. Vaholanki, bu ğirt tuhmat va töqima ertakning özginasi.

Yejkov bilan şaxsan taniş emasman, lekin 2016 yilga qadar odamlar orasida u göyoki ayrim maxsus xizmatlarning buyurtmalarini bajarib kelgan, maʼlum şaxslarning obrösiga putur yetkaziş quroli sifatida işlatib kelingan, degan gaplar yuradi. Bu gap-sözlarning rost yoki yolğonligini bilmayman, bu safar ham buyurtma bor yoki yöq ekanini endi tergov aniqlaydi.

Tahlil qilib körsam, 2009 yildan şu kungaça uşbu saytda “Allamjonov” mavzusi böyiça 30 dan ortiq tanqidiy material eʼlon qilingan. Şu paytgaça indamadim. Çunki men hamişa söz erkinligi va matbuot erkinligi tarafdori bölganman, bu yölda kuraşganman, haliyam kuraşyapman. Biroq har bitta tanqid faktlarga asoslangan bölişi kerak.

Şu paytga qadar 30ta maqolaga indamadim, lekin oxirgisi ötib tuşdi. Endi oşirib yubordi. Gap mening obröyim va reputatsiyam haqida ketar ekan, men jim qarab tura olmayman. Bu — söz erkinligi ham, jurnalistika ham emas. Bu matbuot nomli instrumentdan jirkanç maqsadlar yölida foydalaniş hisoblanadi. Biz bunday söz erkinligiga qarşimiz. Şuning uçun men, advokat bilan maslahatlaşgan holda, öz haq-huquqimni himoya kiliş maqsadida Sergey Yejkov ustidan arz qilib, huquqni muhofaza kiluvçi organlarga murojaat qildim. Huquqşunoslarning taʼkidlaşiça, agar Yejkov öz maqolasida körsatgan holat böyiça dalil-isbot keltira olmasa, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 139-moddasi, 3-qismi “a” bandi (oğir yoki öta oğir jinoyat sodir etişda ayblab tuhmat qiliş) bilan jinoiy iş qözğatilişi mumkin va u qonun oldida javob berişi lozim böladi.

Hammasini qonun va sud hal qilişi kerak. Men barça kerakli maʼlumotlarni taqdim etişga tayyorman".

×