Braziliyalik futbolçi, PSJ hujumçisi Neymar Kataloniyaning “Barselona” klubini yana sudga berdi.
Neymar “Barselona” jamoasidan ketganidan söng klub unga maoşining bir qismini şu kunga qadar tölamagan va futbolçi sudga murojaat qilgan.
U sud orqali “Barsa” bilan şartnomani uzaytirgani uçun bonus pullari va vaqtida tölanmagan maoşning foizlarini undirib olmoqçi. Umumiy hisobda kataloniyaliklarning Neymar oldidagi qarzi 3,5 million yevroni taşkil etadi.
Neymar “Barselona”ni mutlaqo adolatsizlikda ayblab, PSJʼga ötib ketgani uçun atayin pullar berilmayotganini taʼkidlamoqda.
“Barselona” tegişli pullarni tölab berişga vaʼda bergan, ammo kelişuvni buzgan.
Maʼlumot uçun, joriy mavsumning yoz oyida kataloniyaliklar Neymarni tarkibga qöşib olganida, u daʼvolarini qaytarib olmoqçi bölgan.









