Davlat soliq qömitasi va uning tarkibiy bölinmalari xodimlari Birlaşgan kasaba uyuşmasi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Rasul Kuşerbayev ustidan Fuqarolik işlari böyiça Şayxontohur tumanlararo sudiga daʼvo arizasi kiritdi. Bu haqda «Gazeta.uz»ga Davlat soliq qömitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qömitaning xabariga köra, «bunga Rasul KuşerbayevningHuman.uz axborot portalidagi „Söz blogerlarga“ körsatuvining 2021 yil 23 fevraldagi sonida aytgan haqoratomuz sözlari» sabab bölgan.
Davlat soliq qömitasi deputatning körsatuvda aytgan quyidagi gaplarini keltirib ötdi:
«Oddiy soliq qömitasining xodimi yoki mutaxassisi yuk xati nima uçun kerak bölişini, hatto u şunçalik bilmaydimi yo tadbirkorlar, yo odamlar şunçalik ahmoq deb öylaydimiki, özini qilayotgan işini notöğrimasligini isbotlaşi uçun dalil sifatida yuk xatini körmoqçi… Pastkaşlik bölsa şunçalik böladiki, [soliq xodimi tadbirkordan] yuk-xatigaça sörayapti, uyidagi tualetnaya bumagani qanaqasini işlatişini ham söramabdida… [Soliq organlari] aylanib ögirilib tadbirkorni aybdor deb topişim kerak degan printsip ketyapti]…», — deydi Rasul Kuşerbayev körsatuvda.
Qömitaning taʼkidlaşiça, Rasul Kuşerbayev uşbu sözlar bilan soliq organlari xodimlarini asossiz ayblagan va uşbu xatti-harakatlari orqali soliq organlari xodimlari işçanlik obrösiga putur yetkazgan.
Davlat soliq qömitasi yuqorida aytilgan vaziyatlar böyiça qonunlarni keltirgan holda izoh bergan:
Soliq kodeksining 138-moddasi, 4-qismida kameral soliq tekşiruvi jarayonida soliq organi soliq tölovçidan (soliq agentidan, uçinçi şaxsdan) hisobga oliş hujjatlarini, taqdim etilgan soliq hisobotiga va hisobga oliş hujjatlariga doir tuşuntirişlarni, şuningdek soliq hamda yiğimlarni hisoblab çiqariş va tölaş bilan boğliq boşqa axborotni sörab olişi mumkinligi körsatilgan.
Soliq kodeksining 223-moddasi, 3-qismiga muvofiq, yuklarni tovar-kuzatuv hujjatlarini (yuk-xati) rasmiylaştirmasdan yoxud soxta hujjatlar böyiça taşiş soliq bazasini yaşiriş deb eʼtirof etiladi, deya maʼlumot berdi qömita.
«Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputatlarining deputatlik odobi qoidalari 22-bandida, deputat ommaviy axborot vositalarida çiqişda davlat organlari va boşqa organlarning faoliyatiga munosabat bildirganda, ularning şaʼni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan qöpol, haqoratomuz ibora va sözlarni qöllaşga, asossiz ayblovlarga yöl qöyişga haqli emasligi, agar deputatning bayonotida şunday fikrlar mavjud bölsa deputat öz fikrlarining yanglişligi yoki notöğriligini oşkora tan olişi va keçirim söraşi kerakligi belgilangan», — deya taʼkidlamoqda Davlat soliq qömitasi.
Qömitaning keltirişiça, yuqoridagilarga köra Fuqarolik kodeksining 99, 100, 1021 va 1022-moddalari hamda Fuqarolik protsessual kodeksining 33, 189 va 191-moddalariga asosan javobgar Kuşerbayev Rasul Xidraliyeviç davlat soliq xizmati organlari işçanlik obrösiga putur yetkazuvçi maʼlumotlariga nisbatan ommaviy axborot vositalari orqali raddiya berişi hamda keçirim söraşi lozim.
«Javobgar xatti-harakatlari orqali soliq organlariga 4,6 mlrd söm miqdorida maʼnaviy zarar yetkazgan. Uşbu maʼnaviy zarar undirilgaç, „Mahalla“ xayriya jamoat fondi huzuridagi „Saxovat va kömak“ jamğarmasiga ötkaziladi», — deyiladi Davlat soliq qömitasi xabarida.
Şuningdek, xabarda davlat soliq xizmati organlari söz erkinligiga qarşi emasligini taʼkidlagan.
«Biroq har qanday asossiz fikrlar uçun belgilangan tartibda, qonun doirasida javob beriş lozimligini ham unutmaslik kerak. Davlat soliq qömitasi va uning tarkibiy bölinmalari xodimlari Birlaşgan kasaba uyuşmasi soliq organlari xodimlarining nafaqat huquqiy va ijtimoiy manfaatlarini doim himoya qiladi, şuningdek davlat soliq xizmati organlari obrösiga putur yetkazuvçi harakatlar uçun javob berilişiini talab qiladi», — deyiladi xabarda.









